Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev

Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev

Ishsizlikni bartaraf etish maqsadida hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. Bu haqda 21 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Olot tumanida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deya xabar berdi Kun.uz. 

«Barcha kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi. O‘zi kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas. Sababi, vazir Nozim Husanov kollejlarga aniq buyurtmalar shakllantirib beradi. Kollejlar esa har bir hududlarga zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, kollejlar yoshlarni kasblarga o‘rgatib, bu bo‘yicha sertifikatlar berishni yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek Ishga marhamat monomarkazlarini va mahallalarni kollejlarga biriktirish topshirig‘i berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!