“Koinot go‘zali” tanlovida ilk bor saudiyalik qiz ham qatnashadi

“Koinot go‘zali” tanlovida ilk bor saudiyalik qiz ham qatnashadi

Saudiya Arabistoni vakili ilk bor “Koinot go‘zali-2024” tanlovi ishtirokchilaridan biri bo‘ladi. Tanlovda qirollikdan 27 yoshli model va bloger Rumiy al-Qahtaniy ishtirok etadi.

“Koinot go‘zali – 2024” tanlovida ishtirok etish men uchun katta sharaf”, — deb yozdi Al-Qahtani o‘zining instagram sahifasida. Postdagi suratda u Saudiya Arabistoni bayrog‘i oldida suratga tushgan.

“Koinot go‘zali-2024” tanlovi 28 sentyabr kuni Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ko‘rfaz mamlakatlaridan “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etgan birinchi ayol Lujan Yaqub edi. U o‘tgan yili musobaqada Bahrayn sharafini himoya qilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!