Knauf Rossiyani butunlay tark etadi

Knauf Rossiyani butunlay tark etadi

Germaniyaning Knauf qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi Rossiya bozoridagi ishlarni butunlay to‘xtatmoqda. 22 aprel, dushanba kuni dunyoga mashhur oilaviy konsern «Knauf guruhi hozirgi voqealar fonida Rossiyada 30 yildan ko‘proq vaqt davom etgan faoliyatdan so‘ng u yerdagi biznesini tashlab ketishga qaror qilganini» tasdiqladi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, 4000 dan ortiq xodimning ish joyini saqlab qolish uchun butun biznesni, jumladan, xomashyo qazib olish, ishlab chiqarish va sotishni mahalliy boshqaruvga o‘tkazishga qaror qilingan. Rossiya rasmiylari buni hali ma’qullashi talab etiladi.

Knauf Rossiyadagi biznesini tashlab ketishining aniq sabablarini ochiqlamadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan beri barcha nemis kompaniyalari allaqachon Rossiyani tark etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!