«Kim bu din bilan Allohga bog‘lanmoqchi bo‘lsa, ilm olish mashaqqatiga chidasin»

A A A
«Kim bu din bilan Allohga bog‘lanmoqchi bo‘lsa, ilm olish mashaqqatiga chidasin»

Islomda ilm

Jabroil alayhissalom Payg‘ambarga ilk vahiy olib kelgandayoq Islom ilm dini ekani ayon bo‘ldi. Chunki u olib kelgan ilk kalom Alaq surasining besh oyati edi: (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan Zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan(yozishni) o‘rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi”. Ilk da’vatdayoq ushbu oyatlarning nozil qilinishi hayron qoladigan mo‘’jizadir. Birinchidan, Alloh taolo minglab mavzular ichidan “o‘qish” mavzusini tanladi, vaholanki, Payg‘ambar o‘qish, yozishni bilmaydigan “ummiy” edilar. Demak, dinu diyonatni, dunyo va oxiratni anglash uchun o‘qish kerak! Ikkinchidan, arablar “o‘qish” mavzusiga e’tibor bermasdi, ular umri davomida xurofotlarga ishonar, har sohada ilmga muhtoj bo‘lib, faqat she’r va adabiyotda mohir edilar. Qur’on arablarni ojiz qoldirib, ularni adabiyotda bellashuvga chaqirib nozil bo‘ldi va Islom ilm dini ekanini e’lon qildi. Uchinchidan, ilm olish vositalarining eng mashaqqatlisi bo‘lgan o‘qishga amr bo‘ldi. Chunki o‘qish, mulohaza qilish va o‘ylab ko‘rish – riyozatni talab etadi. Bu ilohiy amr zamirida, “Kim bu din bilan Allohga bog‘lanmoqchi bo‘lsa, ilm olish mashaqqatiga chidasin”, degan yana bir hikmat bor. Islomning nozil etilishi ilmga odatlanmagan, ma’rifiy muhitga ko‘nikmagan jamiyatda haqiqiy inqilob bo‘ldi. Islomdan oldingi davr – “johiliyat” (ilmsizlik) davri deyiladi.

Vahiy nozil bo‘lishi bilan ilm boshlandi, dunyoga hidoyat nuri tushdi. Alloh musulmonlarga johiliyatni eslatib aytadi: “Johiliyat (davri) hukmini qo‘msayaptilarmi?! Chin ishonchli kishilar uchun Allohdan ko‘ra kimning hukmi chiroyliroq ekan?!” (Moida surasi, 50-oyat). Bu dinda johillik, shubha, yomon gumonga o‘rin yo‘q. Alloh o‘z Payg‘ambarini johillikni sevib, ilmni suymaydiganlardan yuz o‘girishga buyuradi: “Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring!” (A’rof surasi, 199-oyat). Bu din shubha-gumonga asoslangan qadriyatlarni inkor qildi. Islom shariati, faqat aniq, ishonchli ilmga asoslanadi. Alloh bu dindan yuz o‘girgan kofirlar haqida aytadi: “Holbuki, ular uchun bu haqda biror bilim (hujjat) yo‘qdir. Ular faqat gumon(taxmin)ga ergashurlar, xolos. Gumon esa, aslo haqiqat o‘rniga o‘tmas” (Najm surasi, 28-oyat).

Alloh mo‘minlar bilan kofirlarni ajratuvchi asosiy omil ilm deb e’lon qildi: mo‘min biladi, kofir esa gumon qiladi. Mo‘min aniq ishonch bilan yashaydi, kofir esa shubha-gumonlar bilan. Alloh kofirlarni yomonlab aytadi: “Qachonki, (sizlarga): “Darhaqiqat, Allohning va’dasi rostdir, Qiyomat shubhasiz (keluvchi)dir”, deyilsa, sizlar: “Biz Qiyomat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat bo‘lishiga) aniq ishonuvchi emasmiz”, dedingizlar” (Josiya surasi, 32-oyat). Qur’oni Karimning har surasida ochiq yoki ishora bilan ilmning qadr-qimmati, ahamiyati haqida so‘z boradi.

Ilm – Abadiy Dasturning sobit yo‘nalishidir. “Ilm” o‘zagi va undan yasalgan so‘zlarni hisoblash jarayonida men lol qoldim: ular 779 marta kelgan edi, Qur’on suralaridan salkam yetti marotaba ko‘p edi! Men faqat “ilm” so‘zi va undan yasalgan so‘zlarni hisobladim, bunga ma’nosi yaqin so‘zlar ko‘p. Payg‘ambar sunnatida kelgan “ilm” so‘zini sanab adog‘iga yetish mushkul. Ilm so‘zi “Sahihul Buxoriy”da 300 martadan ko‘p kelgan. Vaholanki, bu asar hajmi uncha katta emas, boshqa kitoblar undan bir necha barobar ko‘p hadislarni o‘z ichiga oladi.

Agar yaxshi mulohaza qilsak, ilmga e’tibor Qur’on nozil bo‘lishidan ham avval, Odam yaratilishidan burun boshlangan. Qur’on oyatlari farishtalar Odamga sajda qilish voqeasini hikoya qiladi. Qissada Alloh Odamga ilm bergani, shu ilm bilan farishtalardan afzal bo‘lgani aytiladi. E’tibor bering: Odam alayhissalom farishtalardan tasbeh, zikr, namoz bilan emas, balki ilm bilan afzal bo‘ldi. Ilm sabab farishtalarni Odamga sajda qildirdi. Qissa quyidagicha bo‘lgan edi: “Eslang, (ey, Muhammad,) Rabbingiz farishtalarga: “Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman”, deganida, (ular) aytdilar: “ Unda (Erda) buzg‘unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to‘kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz”. (Alloh) aytdi: “ Men sizlar bilmagan narsani bilaman”. (Alloh) Odam (Ato)ga barcha nomlarni o‘rgatdi. So‘ng ularni farishtalarga (birma-bir) ko‘rsatib dedi: “Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!” (Ular) dedilar: “Zoti poking haqqi, bizda O‘zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilm va hikmat egasidirsan”. (Alloh) aytdi: “Ey, Odam, ularga nomlari bilan aytib ber”. Ularga nomlari bilan aytib berganida, (U) dedi: “Men osmonlar va Yer sirlarini, sizlar oshkor qilayotgan va yashirib yurgan narsalaringizni bilurman, demaganmidim?! Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar!” deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo‘ldi” (Baqara surasi, 30–34-oyat). Shunday qilib, Odam alayhissalom yaratilgandan ilm bilan Allohning Yerdagi elchisi bo‘ldi. Inson ilm yo‘lini mahkam tutsa, ilmga to‘ymasa, bu yo‘lda riyozat cheksa, u vakil bo‘lishga haqli bo‘ladi. Aksincha, johillikka odatlansa, ilmdan uzoqlashsa, bunday imkoniyatni boy beradi, sha’ni ulug‘, izzatli, solih banda bo‘la olmaydi.

Ilmning sharafi faqat inson yaralishi bilan boshlanmagan. Chunki Alloh birinchi bo‘lib ilm vositasi bo‘lgan qalamni yaratgan, buni Imom Termiziy rivoyat qilgan quyidagi hadisdan bilib olamiz: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Alloh taolo avvalo qalamni yaratib, “Yoz!” dedi, qalam: “Nimani yozaman?” dedi, Alloh dedi: “Qadarni yoz, bo‘lib o‘tganni ham, endi bo‘ladiganni ham”. Demak, ilm – inson hayotining bosh mehvari, qiyomatgacha shunday bo‘lib qoladi. Payg‘ambar alayhissalom ilm va Allohning zikrisiz dunyo qiymatsiz bir matoh ekanini aytganlarida hech mubolag‘a yo‘q.

Imom Termiziy rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: “Dunyo va undagi narsalar la’natlangandir, faqat Allohning zikri, unga oshno bo‘lish, ilm o‘rgatish, ilm o‘rganish yaxshidir”. Ilmsiz hayot mazmunsizdir. Ilm yo‘qolishi qiyomat yaqinlashganidan belgidir. Shu haqda Buxoriy va Muslim rivoyatida Payg‘ambar alayhissalom deydilar: “Ilmning ko‘tarilib ketishi, johillik tarqalishi, mast qiluvchi ichimliklar ichilishi, zino avj olishi – qiyomat alomatlaridandir”. Ilm ko‘tarilishi qalblardan o‘chib ketish bilan bo‘lmaydi, balki ulamolar o‘lishi bilan bo‘ladi. Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vassallam shunday deganlarini eshitdim: “Alloh ilmni bandalardan tortib olmaydi, lekin olimlarni olish bilan oladi. Olim qolmagandan keyin odamlar ilmsiz, johil kimsalarni boshliq qilib oladilar. Ulardan savol so‘raganlarida, ilmsizlar fatvo berib o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham adashtiradilar” (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Darhaqiqat, olimning o‘limi zilzila, suv toshqinidan ham katta ofatdir. Zero, olim o‘lishi bilan fasod ko‘payadi, hayot o‘z qiymatini yo‘qotadi. Umar roziyallohu anhu aytadi: “Kechalari qoim, kunduzlari ro‘zador bo‘lgan mingta ibodatgo‘yning o‘limi – Allohning halol-haromini  yaxshi biluvchi bitta olimning o‘limidan yengilroqdir” (“Bug‘yatil bohis an zavoidi Horis”). Ulug‘ olim sahobiy, vahiy kotibi Zayd ibn Sobit vafot etganlarida Abdulloh ibn Abbos shunday degan: “Ilm qanday ketishini bilasizlarmi?! Mana shunday olimlari o‘limi bilan ketadi!” (Ibn Hajar, “Tahzibut-Tahzib”).

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.