Kikboksing bo‘yicha birinchi Jahon kubogini O‘zbekiston chempionlik bilan yakunladi

Kikboksing bo‘yicha birinchi Jahon kubogini O‘zbekiston chempionlik bilan yakunladi

Ma’lum qilinganidek, Toshkent shahridagi Universal sport saroyida joriy yil 25-29 sentyabr kunlari Kikboksing bo‘yicha birinchi Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan final janglarda WAKO Prezidenti Roy Beyker, vise-prezident Espen Lund, ARISF prezidenti Rafayelle Kyulli, WAKO O‘zbekiston prezidenti Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Osiyo Olimpiya kengashining vise prezidenti Otabek Umarov, Kikboksing assosiasiyasi raisi Oybek Normetov, kikboksing muxlislari, mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Final bosqichida muxlislar 28 ta jangning murosasiz kechganiga guvoh bo‘lishdi.

Kubok yakuniy natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 53 ta davlat orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Kuchli 15 talik davlatlar qatoridan Qozog‘iston (2-o‘rin), Tojikiston (3-o‘rin), Janubiy Afrika (4-o‘rin), Qirg‘iziston (5-o‘rin), Ozarbayjon (6-o‘rin), Hindiston (7-o‘rin), Jazoir (8-o‘rin), Tayland (9-o‘rin), Turkmaniston (10-o‘rin), shuningdek, Avstriya, Isroil, Germaniya, Bolgariya va Iroq joy egalladi.

Chempionlar va medallar sohiblariga Jahon kubogi hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi.

Kikboksing bo‘yicha birinchi Jahon kuboginining barcha g‘oliblarini, shu jumladan, o‘zbekistonlik chempionlar, medalga sazovor bo‘lgan sport ustalarini chin yurakdan qutlaymiz! Yanada yuqori marralarga erishishlariga, doimo g‘oliblik, zafar nasib etishiga tilaydoshmiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!