Kiyev harbiy samolyotlarni Zaporojye yo‘nalishiga o‘tkazishni boshladi

Kiyev harbiy samolyotlarni Zaporojye yo‘nalishiga o‘tkazishni boshladi

Ukraina hukumati harbiy aviasiyani Zaporoje yo‘nalishiga o‘tkazishni boshladi, dedi “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga.

Rogovning so‘zlariga ko‘ra, gap sobiq Varshava shartnomasi mamlakatlari tomonidan Ukrainaga norasmiy ravishda berilgan, shuningdek, amerikaliklar tomonidan Afg‘onistondan olib chiqilgan sovet qiruvchi samolyotlari va vertolyotlari haqida ketmoqda.

Fevral oyi o‘rtalaridan boshlab Zaporojye viloyati hukumati mustahkamlangan hududlar qurilishi va o‘z chegaralari yaqinida Ukraina qo‘shinlari to‘planganini qayd etmoqda. Guruhning soni allaqachon 40 ming kishiga yetgan. Rogovning aytishiga ko‘ra, Kiyev Azov dengizigacha bulgan hududni egallab, Qrimgacha quruqlikdagi yo‘lakni kesib tashlamoqchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi barglar paydo bo‘lganda, ya’ni mart-aprel oylarida boshlanishi mumkin, biroq mintaqa hujumni qaytarishga tayyor.

2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan referendum natijasida Zaporojye viloyati Rossiya Federasiyasining sub’ektiga aylandi. Kiyev ushbu referendum natijalarini tan olmaydi va hududni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Zaporojye viloyatining 70% dan ortig‘i hozir Rossiya nazorati ostida, Ukraina qo‘shinlari viloyat markazi - Zaporojye shahrini ushlab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!