Kenjayev ishi: Marhumning qarindoshlari sudlanuvchilarga umrbod qamoq jazosi so‘rashdi

A A A
Kenjayev ishi: Marhumning qarindoshlari sudlanuvchilarga umrbod qamoq jazosi so‘rashdi

Jamshid Kenjayev sud ishi davom etmoqda. Sud tergovi yakunlangani sababli taraflar muzokarasi qismi boshlandi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. So‘ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi (Jinoyat-prosessual Kodeksi 449-modda).

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, 11 mart kungi sud ishida avval davlat ayblovchisi nutq so‘zladi. Prokuror asosiy ayblanuvchiga 18 yillik qamoq jazosi so‘ragan.

Hurmatli sud, prosess ishtirokchilari, bir necha kun davom etgan Shodali Qilichov G‘ulomjonovichni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi v , j bandlari, Alijon Hamrayev Ubaydullayevich, Kamoldinov Saidazim Saidakbar o‘g‘li, Yorqulov Jahongir Abdumusayevichni 277-moddasi 3-qismi g bandi bilan ayblash haqidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqib yakunlash arafasida turibmiz. Ayblanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar, guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza xulosalari, ko‘zdan kechirish bayonnomalari va videotasvirlarda to‘liq isbotini topgan. Tergov organi tomonidan ayblanuvchilarning harakatlari to‘g‘ri malakalangan deb hisoblayman. Yuqoridagilarni inobatga olib, Qilichov Shodali G‘ulomjonovichni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi v , j bandlari bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashingizni va uning muqaddam sudlanganini inobatga olib, jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘talishini belgilashingizni so‘rayman. Hamroyev Alijon Ubaydullayevich, Kamoldinov Saidazim Saidakbar o‘g‘li, Yorqulov Jahongir Abdumusayevichga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi g bandi bilan aybdor deb topib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashingizni va jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashni belgilashingizni so‘rayman. Shuningdek, jabrlanuvchilarning dafn marosimiga ketgan xarajatlarini sudlanuvchilardan undirishni belgilashingizni so‘rayman , degan u.

Shundan so‘ng, davlat ayblovchisining nutqiga nisbatan jabrlanuvchi, marhum Kenjayevning bevasi o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tdi.

Hurmatli sud, Qilichov, Hamroyev, Kamoldinov va Yorqulovga nisbatan jinoyat ishida jabrlanuvchi tomon quyidagi fikrlarni bildiradi. Sudlanuvchi Qilichovga nisbatan tergov harakatlari yetarli emas. Jamshid Kenjayevga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan ushbu jinoyat o‘ta xavfli residivist tomonidan bajarilgan, ya’ni Qilichov bir necha marta sudlangan. Boshqa sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilayotgan 277-modda 3-qismi g bandi bilan ayblovni yetarli emas, deb hisoblayman. Ularga nisbatan 97-modda 2-qismi a , v , j bandlari bilan qayta kvalifikasiya qilishingizni so‘rayman.

Videotasvirlarda ham ko‘rinib turibdiki, ular guruh tarzda jinoyatni sodir etishgan. Hech kim shafqat qilmagan va vaqtida yordam qo‘lini cho‘zmagan.

Shu jinoyat sababli, bizning atigi bir yoshga to‘lgan yetim qolgan qizimiz va Jamshid Kenjayevning otasi azob chekmoqda.

Hurmatli sud, sizdan adolatli hukm chiqarishingizni so‘rayman. Sudlanuvchilar shafqatsizlarcha guruh bo‘lib jinoyat qilishganiga e’tibor berishingizni so‘rayman , deya o‘z e’tirozlarini bildirdi marhumning bevasi.

Jabrlanuvchining so‘zlaridan so‘ng, sud so‘zni sudlanuvchilar tarafiga, aniqrog‘i ularning advokatlariga berdi. Dastlab, sudlanuvchi Qilichovning advokati Almat Sultonovning nutqi tinglandi.

Hurmatli sudlov hay’ati, prosess ishtirokchilari, bugun Jamshid Kenjayevning o‘limi yuzasidan ko‘rilayotgan jinoyat ishida sud tergovi yakunlandi. Tomonlarning fikrlarini eshitdik. Kenjayev yaxshi inson edi, yaxshi sportchi edi. Sport musobaqalarida davlatimiz bayrog‘ini ko‘tarar edi. Kurash musobaqalarida o‘zimiz ham muxlislik qilar edik. Yutuqlarini ko‘rib xursand bo‘lganmiz. Ming afsuski, bugun oramizda shu inson yo‘q. Men o‘ylaymanki, bu ishda asosiy aybdorlar panjara ortida o‘tirgan sudlanuvchilar emas. Uning o‘sha kungi xatti-harakatlarini, janjalning oldini olish choralarini ko‘rmagan uning o‘rtoqlaridir. Qolaversa, Jamshid Kenjayev o‘z xatti-harakatlari bilan shu voqeaga asosiy sababchi bo‘lgan deb hisoblayman. Jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilinayotgan Qilichov o‘z ko‘rsatmasida 2018 yil 8 avgust kechasi Aurum-898 tungi klubida o‘z xizmat vazifasini bajarishga kelganini, soat taxminan 00:10da Kenjayev va o‘rtoqlari mast holda kelganini, undan ichkariga pichoqni tashqarida qoldirib kirishni so‘raganini aytmoqchiman. Kenjayev bu pichoqni qoldirmagani, shu pichoq bilan tungi klub ichiga kirishga harakat qilgani, Qilichovning tog‘asi Sherali Ilyasov uning tungi klubga kirishiga yo‘l qo‘ymaganidan so‘ng, yuziga shapaloq urgani va janjal boshlangani, uni o‘ldirish hech kimni xayolida ham bo‘lmaganini bayon etgan. Tungi klub qo‘riqchilari Mirzayev va Ilyasovga tan jarohati yetkazilganidan so‘ng, o‘zidan qon oqayotganini ko‘rganidan so‘ng, o‘zini yo‘qotib qo‘yib shu bo‘yicha janjalda unga o‘zi bilmagan holda pichoq urganini va atrofdagilardan zudlik bilan tez yordam chaqirishni so‘raganini, oradan vaqt o‘tib, tez yordam kelgani va yaradorni shifoxonaga olib ketgani, tergov organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida jinoyatni ochishda faol yordam berganini, qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchilardan kechirim so‘raganliklarini va o‘ziga bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olganini, voqea to‘satdan sodir etilganini hisobga olib, suddan yengilroq jazo berishni so‘radi. Guvohlar tinglanganida, tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelganda Kenjayev og‘ir ahvolda bo‘lgani, shifokorga oyog‘i og‘riyotganini aytganini, o‘zini Kenjayevning qarindoshi deb tanishtirgan shaxs senga shu kerakmidi deb aytganini, lekin uning o‘limiga ichki organlarning qonsizlanishi sabab bo‘lganini aytishdi. Turmush o‘rtog‘i ertalab deyarli hayoti og‘ir holda bo‘lgani va otasi kirib chiqqanda vafot etganini aytishdi.

Oliy sud plenum qarorining 2004 yil 24 sentyabrdagi Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida gi qarorining 4-bandida ko‘rsatilgan holatlarni inobatga olishingizni va Oliy sud plenumining 2007 yil 27 iyundagi Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida gi qarorining 19-bandidagi holatlar bo‘yicha talablar inobatga olinib, tergov organining Qilichovga nisbatan qo‘ygan ayblovlari 104-modda 3-qismi d bandi bilan kvalifikasiya qilinishini so‘rayman.

O‘sha kuni marhum pichoqni topshirganida yoki boshqalarni eshitganida, shu ishlar bo‘lmagan bo‘lar edi. Qars ikki qo‘ldan chiqadi yoki Yaxshi gapga ilon inidan, yomon gapga pichoq qinidan chiqadi degan gaplar bejizga emas.

Himoyamda bo‘lgan Qilichovning oilasi bor, bir nafar bir yoshli farzandi bor. Qaramog‘ida ota-onasi bor. Shu holatlarni inobatga olib, 97-moddaning 2-qismi v , j bandlarini 104-modda 3-qismi d bandiga qayta malakalab, o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar organiga kelganini, qilmishidan pushaymonligini, jamoat joyidan ijobiy bahoga egaligini inobatga olib, 57-moddani qo‘llagan holda Jinoyat Kodeksi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlashingizni so‘rayman , deydi Qilichovning advokati.

Sudlanuvchi Alijon Hamrayevning advokati Baxrom Fayziyev ham nutq qildi.

Hurmatli raislik etuvchi, Prokuror va prosess qatnashchilari. Avvalo, Kenjayevning oila a’zolariga hamdardligimni izhor etmoqchiman. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha prosessual qonunchilikning bir necha normalari buzilganiga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Jumladan, Jinoyat-prosessual Kodeksining 11, 22, 82, 84, 94-95 modda talablari va Oliy sud plenumining dalillar maqbulligiga oid qarori qoidalari buzilgan.

Shularni inobatga olib, 277-moddasining 2-qismining b bandiga qayta kvalifikasiya qilishingizni va zararni undirish masalalari bo‘yicha fuqarolik sudiga murojaat etishini tushuntirishingizni so‘rayman. Odillik va insonparvarlik prinsiplarini inobatga olib, yengillashtiruvchi holatlarni qo‘llashingizni so‘rayman , dedi u.

Sudlanuvchi Saidazim Kamoldinovning advokati Akmal Alimqulov va sudlanuvchi Yorqulov Jahongirning advokati S.Husanov ham yuqoridagi advokatlar singari himoya ostidagi shaxslarning jinoyat moddasi qayta kvalifikasiya qilish va yengilroq jazo berilishini so‘rashdi.

Sudlov hay’ati prokuror va advokatlarning nutqlaridan so‘ng, marhumning oila a’zolariga so‘z berildi.

To‘rt advokat bularni o‘sha joyda ishlagan deb aytishmoqda. Bular ishlamagan, guvohnomasi ham yo‘q. Shunchaki o‘sha joyga yig‘ilgan. Shuni inobatga olishingizni so‘rayman , deydi marhumning amakisi Bahrom Kenjayev.

Advokat Shodali Qilichovga 104-modda bo‘yicha jazo so‘ramoqda. Bu uchinchi marta odam o‘ldirmoqda. Buni qanday tushunish mumkin? Bu odamga o‘yinchoq bo‘lib qolgan odam o‘ldirish. Ko‘zini yummasdan o‘ldiryapti. Qasddan o‘ldirishmoqda. O‘lib yotgan odamga pichoq tiqilmoqda. Maqsad o‘ldirish bo‘lgan. 11 kishi guruh bo‘lib o‘ldirmoqda. Qolgan yetti kishi bu yerda yo‘q. Ikkisi qochib ketgan deyishyapti. Menimcha, hech kim qidirmayapti ham. Oilasi haqida aytilgan gaplar ham noto‘g‘ri , deydi marhumning singlisi E’zoza Kenjayeva.

Buning hammasi uyushtirilgan. Videotasmada hammasini ko‘rib turishibdi. Advokatlar, prokuror ham ko‘rib turibdi. Advokatlar ham chin ko‘ngildan, odilona so‘rashmayapti. Prokuror ham o‘zining qalbidagi narsani so‘ramayapti. Sizlar hech bo‘lmasa odilona sud qilishingizni so‘rayman, umrbod qamoq jazosi berishingizni so‘rayman , deydi marhumning akasi Sarvar Kenjayev.

Sud majlisi 13 mart, chorshanba kuni soat 14:00 da davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

"Ikkiyuzlamachilikning eng yuqori cho‘qqisi". YEI elchisi Rossiyaning Kiyevni tark etish chaqirig‘iga keskin javob berdi

Европа Иттифоқи ҳеч қаерга кетмайди. Биз Киевда қоламиз. Биз Украина билан қоламиз.

Rossiya Ukrainadagi xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Lavrov Rubioga Rossiyaning Kiyevga rejalashtirilgan hujumlari haqida xabar berdi

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазирлиги баёнотида айтилган.

Rossiya migrantlar uchun bojlarni 12 barobargacha oshirmoqchi

Бунинг федерал ғазнага умумий таъсири йилига 15 миллиард рублга баҳоланмоқда.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.