Keniya harbiy rahbariyati vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya oliy harbiy rahbariyati vakillari 18 aprel kuni yuz bergan vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabia nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, qulagan vertolyot bortida mamlakat mudofaa vaziri ham bo‘lgan. Hodisa yuzasidan Keniya prezidenti Uilyam Ruto milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirgan.

Mudofaa kuchlari boshlig‘i general Frensis Omondi Ogolla halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan. Halokat poytaxt Nayrobidan 400 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Elgeyo Marakvet okrugida sodir bo‘lgan.

“Vertolyot qulagandan keyin alanga olgan. Uning bortida 10 dan ortiq yuqori martabali qo‘mondonlar, jumladan general Ogolla ham bor edi”, deyilgan rasmiy bayonotda.

Halok bo‘lgan 61 yoshli vazir Ogolla o‘tgan yilning aprel oyida mudofaa kuchlari boshlig‘i etib tayinlangan edi. Halok sodir bo‘lgan hududga vazir va uning boshqa sheriklari maxsus missiya bilan jo‘natilgani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!