Kemeron: Bu AQShning Rossiya uchun “Rojdestvo sovg‘asi” bo‘ladi

Kemeron: Bu AQShning Rossiya uchun “Rojdestvo sovg‘asi” bo‘ladi

AQSh Kongressi Rossiya Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha kelisha olmasa, unga "Rojdestvo sovg‘asi" beradi. Bu fikrni Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Devid Kemeron bildirdi.

Vashingtondagi Aspen instituti xavfsizlik forumida so‘zlagan Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Yevropa xavfsizligi ham Amerika xavfsizligi ekanligini aytdi.

Kemeron G‘arbni birdamlikni saqlashga va Ukrainaga pul o‘tkazishga chaqirdi. Aks holda, uning fikricha, faqat ikki tomon xursand bo‘ladi: Rossiya va Xitoy.

"Men siz haqingizda bilmayman, lekin men ularning hech biriga "Rojdestvo sovg‘a"sini berishni xohlamayman", - deb Kemeron so‘zlarini keltirmoqda Politico.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!