Kelgusi yili informatika fanidan test savollari bo‘lishi rostmi?

A A A
Kelgusi yili informatika fanidan test savollari bo‘lishi rostmi?

Ayrim Telegram kanallarida kelgusi yili informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatika fanidan alohida blok qo‘shilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar qanchalik to‘g‘ri?

DTM vakillari bilan bog‘lanib, ushbu masalaga oydinlik kiritdim. Ma’lum qilinishicha, kelgusi yili informatika fani alohida blok bo‘lishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri. Kelgusi yilda informatika fanidan savollar bo‘lmaydi.

Unda nima uchun DTM saytida tasdiqlangan darsliklar ro‘yxatida informatika fanidan ham darsliklar ko‘rsatilgan?

Buning sababi shundaki, harbiy OTMlarda eski tartib haligacha saqlanib qolgan. Ya’ni harbiy yo‘nalishdagi OTMlarda testda 36 ta savol tushadi, matematika blokidan 6 ta savol informatika fanidan bo‘ladi. Shu sababli DTM saytida informatika fanidan ham darsliklar ro‘yxati e’lon qilingan.

Agar Siz harbiy OTMga topshirmasangiz, unda ikkilanib o‘tirmang, testda informatika fanidan savollar bo‘lmaydi, deyishmoqda rasmiylar.

Xushnud Xudoyberdiyev, huquqshunos, bloger


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!