Kattaqo‘rg‘ondagi maktabda qing‘irliklar. Mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Kattaqo‘rg‘ondagi maktabda qing‘irliklar. Mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan shahardagi umumta’lim maktablarining birida maktab mansabdor shaxslari va boshqalarning qilmishlari fosh etildi.

Jumladan, ular tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida gi 22-sonli Qarori talablariga zid ravishda maktab hovlisidagi 3x2 xonada elektr energiyasiga elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan ulanib, suv nasosi uchun elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda tarmoqdan uzilib, hujjatlashtirildi.

Olingan xulosalarga ko‘ra, maktab mansabdor shaxslari va boshqalar davlat manfaatlariga 25 mln 603 ming zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!