Karib dengizidagi kema falokatida 22 kishi bedarak yo‘qoldi

Karib dengizidagi kema falokatida 22 kishi bedarak yo‘qoldi

Venesuelaning Sukre shtatidagi Guiriya shahridan Trinidad va Tobagoga noqonuniy yo‘l olgan kemaning falokatga uchrashi oqibatida 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Sukre polisiyasida ma’lum qilindi.

Kema Paria ko‘rfazidagi Patos oroli yaqinida kuchli shamoldan keyin ag‘darilib ketgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, El Djonatan nomli kema Guiriyadan 24 kishi bilan chiqib ketgan. Hozircha 2 kishi qutqarilgani ma’lum qilingan.

Qutqaruvchilar qolgan yo‘lovchilarni qidirishmoqda. Ta’kidlanishicha, kema bortida u dosh bera oladigandan ko‘proq yuk bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!