Karantin davri uchun alohida ovqatlanish rasioni bormi?

Karantin davri uchun alohida ovqatlanish rasioni bormi?

Bugun, 30 mart kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Sanitiraya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov karantin davrida nimalarni iste’mol qilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

«Karantin vaqtida amal qilish mumkin bo‘lgan alohida rasion mavjud emas. Bu davrda ham doimiy iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlardan voz kechish kerak emas.

Biroq bunaqa paytlarda immun tizimini kasalliklardan himoya qila oladigan darajaga yetkazish uchun to‘yimli ovqatlar, tarkibida S vitamini bor ko‘katlar va mahsulotlarni kunlik rasionga kiritish mumkin», deya ma’lumot berdi Nurmat Otabekov.

Bundan tashqari, Nurmat Otabekov suyuqlik va sharbatlar ichishni ham tavsiya qildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!