Kanar orollarida turizmga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Kanar orollarida turizmga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

O‘tgan shanba kuni minglab odamlar “Kanar orollarining chegarasi bor”, “Kanar orollari sotilmaydi” kabi shiorlar bilan Kanar orollarining asosiy shaharlari ko‘chalariga chiqdi.

Namoyishchilar hukumatdan iqtisodiyotning turizmga moslashtirilgan modelini o‘zgartirishni talab qilishmoqda. Sabab — turistlar tufayli orolda hamma narsa qimmat bo‘lib ketgani va ekologiya buzilayotgani.

Kanar orollari – 7ta oroldan iborat arxipelag. U Ispaniyaga tegishli bo‘lib, Afrika shimolida Atlantika okeanida joylashgan. Kanar orollari o‘zining plyajlari bilan mashhur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!