Kanadaning Ontario provinsiyasi Ilon Maskning Starlink yo‘ldosh internet xizmati bilan shartnomasini bekor qildi

A A A
Kanadaning Ontario provinsiyasi Ilon Maskning Starlink yo‘ldosh internet xizmati bilan shartnomasini bekor qildi

Shartnoma bekor qilinganini Ontarioning Energetika va konchilik vaziri Stiven Lechche ma’lum qildi. Lechche hukumat qishloq hududlarini internet bilan ta’minlash uchun “muqobil yechim izlayotganini” aytib o‘tdi.

Bu shartnoma qishloq hududlardagi 15 000 ta uy va korxonalarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashga qaratilgan edi. Provinsiya rasmiylari shartnomani bekor qilish uchun kompensasiya to‘langanini tasdiqladi, biroq uning qiymatini oshkor qilmadi.

Shartnoma qiymati 100 million dollarni tashkil etgan. OAV manbalarining ma’lum qilishicha, kelishuvni bekor qilish uchun to‘langan tovon summasi shartnoma qiymatidan ancha kam bo‘lgan.

Starlink bilan shartnomaning bekor qilinishi Ontario provinsiyasi bosh vaziri Dag Ford tomonidan Qo‘shma Shtatlarning Kanada mahsulotlariga qo‘ygan bojlariga javob chorasi sifatida amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ayiq ovlaganlarga pul mukofoti va’da qilindi