"Kalmar o‘yini" seriali 900 million dollarga yaqin daromad olishi mumkin

"Kalmar o‘yini" seriali 900 million dollarga yaqin daromad olishi mumkin

Netflix platformasidan Janubiy Koreyaning "Kalmar o‘yini" seriali 900 million dollarga yaqin daromad olishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.

Bloomberg tomonidan nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, platforma Janubiy Koreyaning "Kalmar o‘yini" teleserialidan taxminan 891,1 million dollar daromad olishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Netflix serial ishlab chiqarishga atigi 21,4 million dollar sarflagan yoki har bir epizod uchun taxminan 2,4 million dollar ajratgan.

Netflix hisobotlarida aytilishicha, odamlar tomoshani tomosha qilish uchun jami 1,4 million soatdan ko‘proq vaqt sarflashgan. Taxminan 132 million odam serialning dastlabki 23 kunida "Kalmar o‘yini"ning kamida ikki daqiqasini tomosha qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!