JSST tez kunlarda vaksinalarni taqqoslashni boshlamoqchi

JSST tez kunlarda vaksinalarni taqqoslashni boshlamoqchi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning dekabr oyida koronavirusga qarshi nomzod vaksinalar samaradorligini taqqoslashni boshlashi mumkin.

Bu haqda JSST vakili Melita Vuynovich ma’lumot bergan.

"Yaqin kunlardan keyin Solidarity Trial (koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘rganuvchi xalqaro dastur) vaksinalar samaradorligini taqqoslashni boshlashi kutilmoqda. Lekin avval vaksinalar JSSTning tekshiruvidan o‘tishi kerak", degan Vuynovich.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda COVID-19 ga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha 170 ga yaqin loyiha mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!