JSST: Hozir "omikron" shtammining 600 dan ortiq subvariantlari mavjud

JSST: Hozir "omikron" shtammining 600 dan ortiq subvariantlari mavjud

🔬 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerxovening ta’kidlashicha, "omikron" shtammi hamon faol mutasiyaga uchrash bosqichida. Hozir u 600 dan ortiq subvariantga ega va rivojlanish jarayoni to‘xtagani yo‘q.

📊 Xususan, so‘nggi paytlarda dunyoning qator davlatlarida "kraken" nomini olgan XBB.1.5 versiyasi shiddat bilan tarqalmoqda.

🦠 Tahlillarga ko‘ra, koronavirusning bu subvarianti garchi nisbatan yengil asoratlar bilan o‘tayotgan bo‘lsa-da, ammo u o‘ta yuquvchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois XBB.1.5 AQSh va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.

‼️ Ayni sababdan JSST dunyo aholisi to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishi zarurligini takror-takror eslatmoqda. Bu tavsiyalarga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub qatlam — keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, immuniteti zaif kishilar, tibbiyot xodimlari va homilador ayollar amal qilishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!