JSST bosh direktori Ukrainaga bordi

JSST bosh direktori Ukrainaga bordi

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Ukrainaga ishchi tashrif bilan keldi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

"Ukrainaga yetib keldim", — degan Gebreyesus.

Gebreyesus, shuningdek, ukrainalik bolalarga ko‘rsatilayotgan yordamni ko‘paytirish zarurligini ta’kidlagan.

"O‘zim urushda katta bo‘lgan bola sifatida men bolalarning nimani his qilayotganini tushunaman", — deb qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida JSST rahbari tashkilotning Ukrainadagi xodimlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!