Joriy yilning I choragida byudjetga qanchaso‘mlik soliq tushumlari ta’minlandi?

Joriy yilning I choragida byudjetga qanchaso‘mlik soliq tushumlari ta’minlandi?

Joriy yilning I choragida byudjetga 40,3 trln.so‘mlik soliq tushumlari ta’minlandi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln.so‘mga (6%) ko‘p

AOKAda Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Mahallabay" ishlash tizimi borasida ma’lumot berildi:

✅ 2023 yil yakuni bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq tushumlari 8 baravarga (8,8 trln.so‘mdan 70,7 trln.so‘mgacha) o‘sishi bilan birga ularning YAIMdagi ulushi 3,8 foiz punktga o‘sdi (YAIMga nisbatan 2,8 dan 6,6 foizgacha).

✅ Bilvosita soliqlar bo‘yicha tushumlar 2,8 baravarga (18,2 trln.so‘mdan 51,5 trln.so‘mga) oshgan holda ularning ulushi YAIMning 5,7 foizidan 4,8 foizigacha - 0,9 foiz punktga kamaydi.

✅ Pensiya jamg‘armasi daromadlari yanvar-mart oylarida 10,9 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
1,6 trln.so‘mga (117%) oshdi.

✅ Xuddi shunday EHF orqali tovar aylanmasi I chorakda 378,1 trln.so‘mni tashkil etib, 25% o‘sdi.

✅ Soliq qonunichiligiga 1 apreldan joriy etilgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir o‘zgarish – dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda xizmatlarga QQS imtiyozi bekor qilindi.

✅ 2024 yilning birinchi choragida tadbirkorlik sub’ektlariga QQS qoplash bo‘yicha jami 7 072 ta korxona murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2 138 tasining 5 388,0 mlrd so‘m QQS summasi qoplab berilgan.

✅ Shuningdek, 4 934 ta korxonaning 5,3 trln so‘mlik murojaati soliq hisobotlarida va risk darajasi yuqori bo‘lganligi sababli rad etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!