Jo Bayden va Donald Tramp yana to‘rt shtatdagi praymerizlarda g‘alaba qozondi

Jo Bayden va Donald Tramp yana to‘rt shtatdagi praymerizlarda g‘alaba qozondi

2 aprel, seshanba kuni Amerikaning yana to‘rtta shtati – Rod-Aylend, Konnektikut, Nyu-York va Viskonsin shtatlarida demokrat va respublikachi saylovchilar o‘z partiyalarining prezidentlikka nomzodlarini tanladi. Ovoz berishda Demokratik va Respublikachilar partiyasi nomzodlari orasidan amaldagi prezident Jo Bayden ham, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham eng ko‘p ovoz olgan. Bu haqda Deutsche Welle axborot agentligi yozgan.

Trampni tanqid qiluvchi ayrim respublikachilar Oq uy sobiq rahbarining raqiblariga ovoz berishda davom etmoqda.

Ayni paytda Bayden Isroil va XAMAS radikal islomiy harakati o‘rtasidagi urushga norozilik bildirish uchun demokratlarni unga qarshi ovoz berishga undagan faollar qarshiligiga duch keldi. Shu bilan birga, Rod-Aylend va Konnektikutdagi “qushilmagan” saylovchilar Demokratik ovozning Minnesota va Michigandagi ulushini, mos ravishda 19 va 13 foizni oldi.

O‘sha kuni praymeriz Delaver shtatida o‘tkazilishi kerak edi, biroq ular Saylov departamenti qarori bilan bekor qilindi hamda Donald Tramp va Jo Bayden respublikachi va demokrat saylovchilarning ovozini oladigan bo‘ldi.

Praymerizlar iyun oyining boshigacha davom etadi. Iyul va avgust oylarida Respublikachilar va Demokratik partiyalar o‘zlarining prezidentlikka nomzodlarini rasman ko‘rsatish uchun milliy yig‘ilishlarini o‘tkazadilar.

2024 yil 5 noyabrga belgilangan saylov 1912 yildan beri AQShning sobiq prezidenti amaldagi prezidentga qarshi kurashadigan birinchi saylov bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!