Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli bino nega qulab tushgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli bino nega qulab tushgani ma’lum bo‘ldi

Qurilish vazirligining 14 yanvar kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Jizzaxdagi uch qavatli bino qulab tushishiga sabab bo‘lgan omillar haqida so‘z bordi.

Kun.uzning xabar berishicha, qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov qurilish ishlari davomida nazorat olib borilganda temir-beton, g‘isht va sement mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati va qurilish poydevori mos kelishi bo‘yicha sinov laboratoriyasi xulosasi taqdim qilinmagani, ob’ektda ishlar texnik nazoratchi va ish boshqaruvchisiz olib borilgani uchun bu ahvol sodir bo‘lganini aytdi.

Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, bino uchun 2020 yil 17 noyabr kuni Jizzax viloyati shaharsozlik filiali tomonidan ijobiy ekspertiza olingan.

“Shunga qaramay, buyurtmachi pudratchi tomonidan 1-2 qavatlar xo‘jalik va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish uchun, 3-6 qavatlari esa turar joy binolariga moslab “Discovery architects group” tomonidan qayta ishlab chiqilgan.

Bu narsa hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishilmagan. Ob’ektda qurilish ishlari 2020 yilning mart oyida boshlangan. Qurilish ishlari davomida nazorat olib borilganda, temir-beton, g‘isht va sement mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati hamda qurilish poydevorining mos kelishi bo‘yicha sinov laboratoriyasi xulosasi taqdim qilinmagan.

Shuningdek, qurilish ob’ektiga buyruq bilan texnik nazoratchi va ish boshqaruvchi prorab biriktirilmaganligi tufayli inspeksiya tomonidan muddatli yozma ko‘rsatma berilgan.

Shuncha kamchiliklarga qaramay, texnik nazoratchi va ish boshqaruvchisiz ish qilingani uchun bu ahvol sodir bo‘ldi,” – deydi Kozim To‘laganov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri kutilmaganda, hech bir tabiiy ofat ta’sirisiz qulab tushdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Foydalanishga topshirilmagan bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Bola o‘g‘rilari ushlandi

2023-йилдан бери камида 25 нафар чақалоқни сотиб улгурган.

Bokschilarimiz Osiyo chempionatini "portlatib tashladi"

Хабарингиз бор, 30 июлдан 12 августга қадар Таиланднинг Бангкок шаҳри 22 ёшгача бўлган боксчилар ва ёшлар ўртасида Осиё чемпионатига мезбонлик қилади.

Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht sotilishi boshlandi

Тошкентда аҳолини сифатли ва ҳамёнбоп озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминлаш бўйича тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Баҳодир Жалоловнинг менежери Алик Фролов мутлақ жаҳон чемпиони Александр Усикка қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

"Bizdan Armaniston janubini tortib olishyapti, lekin buni hech kim gapirmayapti"

Унга кўра, Зангезур йўлаги яратилиши Арманистонни "суриялашув"га олиб келиши мумкин.

Hindiston AQSh va YEIning Rossiya neft importiga qarshi hujumlariga javob qaytardi

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Рандҳир Жайсвал баёнотида маълум қилди.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Uitkoff Putinni noto‘g‘ri tushungan?!

Нашр манбаларига кўра, аслида Россия президенти бу ҳудудлардан Украина қўшинлари олиб чиқилиши кераклигини айтган.

Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi haftalik maoshi ma’lum bo‘ldi

Европанинг lentedesportiva.com сайти эксперти Оливер Обел «Манчестер Сити» жамоаси футболчиларининг ҳафталик маошларини таҳлил қилди.

Ushbu jarayonlarning maqsadi mintaqada Rossiya va Eronni zaiflashtirishdir

Воқеалар Россия базасининг Арманистондан олиб чиқилишига олиб келиши мумкин

Ukraina va Yevropa Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuviga to‘sqinlik qilishi mumkin

Худди шундай фикрни Олий Рада депутати Александр Дубинский ҳам билдирди.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Mashina ustida salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Tailandda 30 qavatli minora qulab tushdi

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Qozog‘istonda yo‘qolgan vertolyot parchasi va ekipajning jasadi topildi

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Toshkentda 3 nafar erkak bankomatni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Farzandlari onasini ko‘rishni istamagan ayol aliment pullari undirildi

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Xitoy fuqarosi AQShdagi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 yildan buyon Isroil tomonidan G‘azoga 100 ming tonna bomba tashlandi

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

G‘azoda ochlikdan halok bo‘lganlar soni 197 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

HAMAS: Isroilning G‘azo shahrini bosib olish rejasi "katta xaq to‘lashga olib keladi"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

BMT inson huquqlari komissari Isroilni G‘azodagi harbiy rejadan voz kechishga chaqirdi

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Hizbullohni qo‘ldan qurolsizlantirish — AQSh va Isroilning nayrangi

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Isroil G‘azo shahrini bosib olish rejasini tasdiqladi

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Isroil va’dasini buzdi va g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish»da davom etyapti

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Xitoyda xavfli virus tarqaldi. Karantin cheklovlari joriy qilindi

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Toshkentda 19 yoshli yigit ko‘chada kiyimsiz yurgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Xitoyda ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

G‘azoda qashshoqlik qurbonlari soni 197 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

AQShning Jorjiya shtatidagi Fort-Styuart harbiy bazasiga qurollangan shaxs bostirib kirdi

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Ispaniyada jaziramadan 1060 kishi vafot etdi

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.