Jizzaxda maktab qo‘ituvchisi 1 sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi

Jizzaxda maktab qo‘ituvchisi 1 sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi

O‘quvchilar ingliz tili darsida uyga berilgan vazifalarni bajarmaganligi uchun o‘qituvchi tomonidan jazolangan.

Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Bu haqida UzNews.uz nashri xabar qilmoqda. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 22 aprel kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-"A" sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida o‘qituvchi R.T. o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan.

Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, Telegram platformasi orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!