Jizzaxda fuqaro mahalla raisini pichoqladi

Jizzaxda fuqaro mahalla raisini pichoqladi

23 iyun, shanba kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida fuqaro mahalladoshi bo‘lgan MFY raisiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
 
IIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qoraqo‘yli qishlog‘ida yashovchi Asror Boboyev (ismi o‘zgartirilgan) aroq ichib, uyi oldida janjal ko‘taradi.
 
Mastlik natijasida hamqishlog‘i, “Qashqabuloq” MFY raisi Komil Egamov (ismi o‘zgartirilgan) ning ayrim joylariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazadi.
 
Mudhish voqeadan so‘ng MFY raisi Komil Egamov shifoxonaga yotqizilgan. Asror Boboyev esa qo‘lga olingan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!