Jizzaxda 34 yoshli ayol 3 nafar bolasi bilan bedarak yo‘qoldi

Jizzaxda 34 yoshli ayol 3 nafar bolasi bilan bedarak yo‘qoldi

Jizzaxda ayol uch nafar bolasi bilan bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Unda aytilishicha 1989 yil 3 noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, Zarbdor tumani, Yangikent mahallasi Do‘stlik ko‘chasi 7/2-uyda yashab kelgan O‘razova Nodira Xolmirza qizi qidirilmoqda.

Nodira O‘razova 2023 yil 1 yanvar kuni soat 09:30da Jizzax shahri Sayxon MFYda yashovchi otasining uyidan 3 nafar voyaga etmagan (fotosuratdagi) farzandlari bilan noma’lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmagan.

"Egnida qizil rangli ayollar ko‘ylagi, ustida siyohrang uzun jenfer, boshida ko‘k ro‘mol bo‘lgan O‘razova Nodira Xolmirza qizi hamda uning farzandlari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan yurtdoshlarimizdan quyidagi telefon raqamlariga yoki ichki ishlar organlariga xabar berishlarini so‘raymiz",deyiladi xabarda.

Ayolni yoki uning farzandlvrini ko‘rgan fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:
+998722267622
+998722267621
+998996874237


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!