Jizzaxda 300 boshdan ortiq baliq noqonuniy ovlanganlar qo‘lga olindi

Jizzaxda 300 boshdan ortiq baliq noqonuniy ovlanganlar qo‘lga olindi

«Arnasoy» suv ombori hududida noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar — L.T. va B.M. «Arnasoy» suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, jami 343 bosh baliq ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 201,1 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!