Jiyan buvidan qolgan hovliga ega chiqishi to‘g‘rimi?

Jiyan buvidan qolgan hovliga ega chiqishi to‘g‘rimi?


— Onam tog‘am bilan birga ota-onasidan qolgan hovlini teng ikkiga bo‘lib yashab kelishgan. Yaqinda tog‘am vafot etdi. Shundan keyin o‘g‘li boshqa tog‘alarim ulushidan voz kechganini aytib, onamning uydan chiqib ketishini talab qildi. Sudga murojaat qilsak, uyni teng ikkiga bo‘lish to‘g‘risidagi qaror eskirgan deyishdi. Yangilab turishimiz kerak ekan. Endi nima qilsak bo‘ladi?
Ismi sir tutildi.

Dilshod Xasanov, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:
— Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga ko‘ra, merosni qabul qilib olgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli.
Merosni taqsimlash merosxo‘rlarning kelishuviga ko‘ra o‘zlariga tegishli ulushlarga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud tartibida amalga oshiriladi.
Savoldan ko‘rinishicha, hozirda merosni taqsimlash borasida merosxo‘rlar o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Shu sababli merosni taqsimlash va meros ulushlarini aniqlash uchun merosxo‘rlar sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lib, mazkur nizo yuqorida ko‘rsatilgan qonun normasiga asosan sudda ko‘rib chiqilishi lozim.
Meros mulkini yoki boshqa ulushli mulkni taqsimlash to‘g‘risidagi qaror yoki boshqa shu kabi hujjatning eskirishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!