Jinoyatchi Netanyaxu Rubio bilan uchrashdi, G‘azo suv tanqisligidan aziyat chekmoqda

- G‘azoning shimoliy qismidagi falastinliklar jiddiy suv tanqisligidan azob chekmoqda, ko‘chirilgan aholi esa Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga binoan, Isroilning ko‘chma uylar va chodirlar kiritishga ruxsat berishini kutmoqda.
- Falastin guruhi G‘azoning janubiy qismida kamida uch nafar polisiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil hujumini kelishuvning "jiddiy buzilishi" deb baholadi.
- AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashgach, Vashingtonning Isroilni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
- G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning G‘azoga qarshi urushida 48 271 falastinlik halok bo‘lganini, 111 693 kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Hukumat matbuot xizmati esa vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar vafot etgan deb taxmin qilinayotgani sababli, qurbonlar sonini kamida 61 709 kishiga yetganini ma’lum qildi.