Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi

JIB Yunusobod tuman sudi sudyasi Oybek Hayitov raisligida “Billur” va “Iftixor” MFYda o‘tgan sayyor sudda to‘rtta jinoyat ishi ko‘rildi.

Xususan, 29 yoshli sudlanuvchi avtomashinasini Toshkent shahri Yunusobod tumani Quloqtepa ko‘chasi ko‘chasi bo‘ylab, Amir Temur ko‘chasi tomonidan Zenit ko‘chasi tomonga boshqarib borib, “G‘ijduvon” kafesi qarshisiga yaqinlashgan vaqtida amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 53-bandi talablarini buzgan. Ya’ni, “Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak”, deb ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmagan. Qarama-qarshi yo‘ldan motosiklda harakatlanib kelayotgan haydovchini o‘tkazib yubormay, yo‘nalishini unga nisbatan chapdan o‘ngga tomon o‘zgartirib, bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilmasdan harakatlanishi oqibatida avtomashina va motosikl orasida to‘qnashuv sodir qilgan.
Sudlanuvchi JK 266-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga shu modda bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 1 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildiJinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildiJinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Yana bir jinoyat ishi bo‘yicha V.G. va R.M.ga 168-modda 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topildi va har ikkoviga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 115 baravari – 28.175.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
“Iftixor” MFYda o‘tgan sayyor sudda esa B.K. va M.J. JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llangan holda 12.250.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!