JCH-2026 saralash. Eronga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaymiz, o‘yinni BAAdan bo‘lgan hakamlar boshqarib boradi

JCH-2026 saralash. Eronga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaymiz, o‘yinni BAAdan bo‘lgan hakamlar boshqarib boradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 21 noyabr kuni JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.

Uchrashuvni Muhammad Abdulla Hassan (BAA) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahdi yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Ismoil Habib Aliga (BAA) ishonib topshirilgan.

Uchrashuv soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!