JCH-2022da muammo: FIFA «kamalak rang» sardorlik bog‘ichi taqqan futbolchilarni ogohlantirdi

JCH-2022da muammo: FIFA «kamalak rang» sardorlik bog‘ichi taqqan futbolchilarni ogohlantirdi

FIFA Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida LGBT rangida sardorlik bog‘ichi taqishni tanlagan futbolchilarga ogohlantirish berdi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn JCH-2022 o‘yinlariga «kamalak rang» sardorlik bog‘ichi bilan o‘yinga kirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Biroq FIFA Keynni sardorlik bog‘ichi rangini ruxsat etilgan ro‘yxatdan tanlashga undagan va agar futbolchi taqiqni buzsa, sariq kartochka bilan jazolanishi bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida “kamalak rang” sardorlik bog‘ichlarini boshqa jamoalar, jumladan, Uels, Germaniya, Belgiya va Gollandiya sardorlari ham taqib yurishadi. Xullas, Gollandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk LGBT vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maydonga baribir o‘sha bog‘ichda o‘ynashini aytdi.

The Guardian bilan suhbatlashgan Qatarning ikki manbasi, bu faqat FIFA qarori ekanligini va ular tomonidan bog‘ich bo‘yicha hech qanday bosim bo‘lmaganini aytgan.

FIFA bayonotida shunday deyilgan: “Bu FIFA jihozlari qoidalarining 13.8.1 moddasiga mos keladi, unda aytilishicha: “FIFA final musobaqalarida har bir jamoa sardori FIFA tomonidan tasdiqlangan sardorlik libosini kiyishi shart”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!