Jastin Klyuyvertning uyiga o‘g‘ri tushdi

Jastin Klyuyvertning uyiga o‘g‘ri tushdi

24 may kechasi “Valensiya” yarim himoyachisi Jastin Klyuyvertning uyiga o‘g‘ri tushdi. Bir necha noma’lum kimsalar niderlandiyalik futbolchining uyiga kirgan va uning rafiqasini kaltaklab, 200 ming yevroga baholangan soati va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Talonchilar qimmatbaho narsalarning joyini aytishi uchun Jastinning rafiqasini kaltaklagan. Polisiyaning ma’lumotiga ko‘ra, talonchilik besh daqiqa ichida amalga oshgan.

Ayol jarohat olgan va voqeadan so‘ng kuchli shok holatini boshidan o‘tkazgan. Bu paytda Klyuyvert navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun Malyorkada bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!