Jannatning 6 nomini bilasizmi?
1. Jannatun Na’iym.
"Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa, imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne’mati mo‘l jannat (bog‘)larda ostilaridan anhorlar oqib turgay" (Yunus surasi, 9-oyat)
«Parvardigorlari ularga O‘z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne’matlari doimiy (bo‘lmish) jannat (bog‘)lari to‘g‘risida xushxabar berur» (Tavba surasi, 21-oyat).
-
Jannatul Adn.
"Alloh mo‘minlar va mo‘minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaladigan jannat (bog‘)laridagi yoqimli maskanlarni va’da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) buyukroqdir. Ana shu(lar) ulkan yutuqdir" (Tavba surasi, 72-oyat).
"(U) abadiylik bog‘lari bo‘lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar" (Ra’d surasi, 23-oyat).
"Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Taqvodorlarni Alloh mana shunday mukofotlagay" (Nahl surasi, 31-oyat).
- Jannatul Firdavs.
"Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog‘lari manzil bo‘lur" (Kahf surasi, 107-oyat).
- Jannatul Mava.
"Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari manzil bo‘lur" (Sajda surasi, 19-oyat).
- Darus Salom.
"Alloh (odamlarni) tinchlik diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etadi" (Yunus surasi, 25-oyat).
- Jannatul Xuld.
"(Ey, Muhammad! Ularga) ayting: «Shu (do‘zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va’da qilingan mangulik jannatimi?!» Ular uchun (bu) mukofot va natija bo‘lur edi" (Furqon surasi, 15-oyat).
Davron NURMUHAMMAD