Istanbulning ramzi bo‘lgan Qiz qal’asi faoliyati qayta tiklandi

A A A
Istanbulning ramzi bo‘lgan Qiz qal’asi faoliyati qayta tiklandi

Istanbuldagi afsonaviy Qiz qal’asi puxta qayta tiklash ishlari va bir qancha yaxshilanishlardan so‘ng Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan yodgorlik va muzey sifatida qayta ochildi.

Istanbulning Osiyo tomonida joylashgan Kiz kulesi yoki Qiz qal’asi 2021 yilda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan boshlangan qayta ta’mirlash jarayonining yakunlanishi bilan yana o‘z eshiklarini ochdi. Bosfor bo‘g‘ozida joylashgan minora endilikda yodgorlik muzeyi sifatida faoliyat yuritadi.

Qiz qal’asi dastlab miloddan avvalgi V asrda hozirgi Uskudar qirg‘og‘idan 20 metr uzoqlikdagi orolda Bosfor bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan kemalarni boshqarish va soliq yig‘ish uchun bojxona punkti sifatida barpo etilgan. Ushbu kichik orolda Sharqiy Rim imperatori Manuel Komnenos XII asrda mudofaa inshootini qurishni buyurgan. Tarixiy yarim oroldagi minoradan boshqa minoraga cho‘zilgan temir zanjir Bosforning kirish va chiqishlarini nazorat ostiga olgan.

1453 yilda Sulton Mehmed II tomonidan Istanbul zabt etilgandan so‘ng, bu yerda yog‘och minora qurilgan va keyingi asrlarda kuzatuv minorasi, dengiz mayog‘i va karantin hududi bo‘lib xizmat qilgan. Jumhuriyat davrida shaharning port boshqarmasi tomonidan uzoq muddat foydalanilgan minora 1964 yilda Turkiya Mudofaa vazirligiga, 1983 yilda Turkiya dengiz korxonalariga xizmatga topshirilgan. Bu davrda radar stansiyasi va omborxona vazifasini bajargan, keyinchalik u bir muncha vaqt restorant sifatida faoliyat ko‘rsatgan mazkur inshootga faqat Uskudar qirg‘og‘idan qayiqlar orqali borish mumkin.

Bosfor bo‘g‘ozining markazida, Istanbulning go‘zalligini namoyish etuvchi Qiz qal’asining shuhratini oshirgan bir qancha afsonalari ham bor. Ulardan keng tarqalgani qirol va uning malika qizi haqida hikoya qiladi. Bir folbin, malika ilon chaqishidan o‘lishini bashorat qilganidan so‘ng, qirol qizini himoya qilish maqsadida suv o‘rtasiga Qiz qal’asini qurdirdi. Biroq, malika oxir-oqibat o‘z taqdiridan qochib qutula olmadi va qasrga meva savatiga kirgan ilon zahridan vafot etdi.

Istanbul siluetining diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan Qiz qal’asi dengizning o‘rtasida joylashganligi va ob-havo sharoiti tufayli doimiy ta’mirlashni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi 2021 yilda “Qiz qal’asi yangidan ko‘zlarini ochadi” nomli qayta tiklash loyihasini boshladi. Loyiha vazirlik, ekspertlar, akademik olimlar va me’morlar nazorati ostida qayta tiklandi. So‘nggi restavrasiya doirasida minoraning tarixiy hujjatlarida mavjud bo‘lmagan barcha beton qo‘shimchalar asosiy konstruksiyasidan olib tashlandi. Shuningdek, minora va u joylashgan orol qoziqlar va seysmik izolyatorlar bilan mustahkamlandi.

Mahalliy aholi va Istanbul mehmonlari har doim ushbu nafis inshootni shaharning bir nechta nuqtalardan tomosha qiladilar. Endi u muzey sifatida qayta ochilganidan so‘ng, tashrif buyuruvchilar Qiz qal’asidan turib Istanbulning go‘zalligidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Qiz qal’asi haqidagi afsonalar

Istanbulning ramzi bo‘lgan Qiz qal’asi o‘zining boy tarixi davomida ko‘plab rivoyatlarga sabab bo‘lgan. Keling, bularni ko‘rib chiqaylik:

• Minora haqidagi afsonalarning eng asosiysi, podshoh va uning malika qizi haqida hikoya qiladi. Bu hikoyatga ko‘ra, folbin qizining ilon chaqishi tufayli o‘lishidan ogohlantirilgan podshoh o‘z qizini himoya qilish uchun suv ustiga Qiz qal’asini qurdirib, malikani o‘sha yerga joylashtiradi. Biroq taqdiridan qochib qutula olmagan malika minoraga yuborilgan mevali savatga yashiringan ilondan zaharlanib vafot etadi.

• Yana bir afsona Hero va Leandrosning sevgisiga asoslangan. Afrodita ziyoratgohida ruhoniy bo‘lgan Leandros Heroni ko‘rish uchun har kecha dengiz kechib qal’a atrofida suzadi. Biroq, bir kuni bo‘ron ko‘tarilgach, minoradagi yorug‘liklar so‘nadi va Leandros yo‘lini yo‘qotib cho‘kib ketadi. Og‘riq va yo‘qotishlarga dosh bera olmagan Hero ham o‘zini suvga tashlab o‘z joniga qasd qiladi. Aslida Chanoqqal’ada bo‘lib o‘tgan bu afsona XVIII asrda yevropalik sayohatchilar tomonidan Istanbuldagi Qiz qal’asi uchun moslashtirilgan. Shu sababli, Qiz qal’asi Tour de Leandre yoki Leandre minorasi sifatida ham tanilgan.

• Istanbulning go‘zalligini namoyish etuvchi “go‘zal qiz” sifatida Bosforning o‘rtasida joylashgan Qiz qal’asi ko‘plab serial va filmlarda ham suratga tushgan va hali hamon tbu holat davom etmoqda. Ko‘plab turk seriallaridan tashqari, Qiz qal’asi jahon miqyosidagi muhim kinokartinalarning turli sahnalarida aks etgan. Bunga Jeyms Bondning mashhur "Dunyo yetarli emas" va "Rossiyadan mehr ila" filmlari va 2007 yilgi «Hitman» jangovar filmi misol bo‘la oladi.

Qiz qal’asini qayta tiklash jarayoni haqida ma’lumot

Miloddan avvalgi 410 yillarga oid Istanbulning ramziy inshootlaridan biri bo‘lgan Qiz qal’asini qayta tiklash ishlari Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 2021 yil sentyabr oyida boshlangan edi. Qayta tiklash ishlarining umumiy maqsadi binoga keyinroq qo‘shilgan va binoning asl xarakteriga mos kelmaydigan qo‘shimchalarni tozalash va uni asl detallariga qaytarish edi. Qayta tiklash soha mutaxassislari Prof. Dr. Zeynep Ahunbay, Prof. Dr. Feridun Chili va Xan Tumertekin nazorati ostida amalga oshirildi.

Istanbul Texnika Universiteti va Fatih Sulton Mehmet universiteti tomonidan tayyorlangan hisobotlar, maslahat kengashining fikrlari va Istanbul 6-sonli Madaniy merosni muhofaza qilish kengashi tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida qayta tiklash ishlari boshlandi.

Qiz qal’asi haqidagi barcha tarixiy ma’lumotlar, restavrasiya ishlarida amalga oshirilgan islohotlar va boshqa turli ma’lumotlarga oid batafsil ma’lumotlar va hisobotlar www.kizkulesi.gov.tr ​​veb-saytida jamoatchilikka taqdim etildi.

• Qiz qal’asini qayta tiklash tarixiy bino va atrof-muhit zaminida taxminan 1800 kvadrat metrlik orol maydonida amalga oshirildi. Qayta tiklash ishlari 1 va 2-bosqichlar doirasida 570 kun davom etdi.

• 150 kishilik xodimlar bilan olib borilgan qayta tiklash ishlari, orolning qiyin sharoitlariga qaramasdan, mutaxassis texnik xodimlar, qurilish texnikasi va dengiz transporti vositalari yordamida amalga oshirildi.

• O‘zining uzoq tarixi davomida ko‘plab ta’mirdan o‘tgan Qiz qal’asi 1944 yilda yog‘och materiallar bilan yangilangan edi. Ushbu ta’mir davomida beton va sement uchun ishlatiladigan tuzlar va boshqa kimyoviy moddalar binoga zarar yetkazdi va yoriqlar paydo bo‘ldi.

• 1999 yildagi zilziladan so‘ng minoraning tashqi devorlariga po‘latdan o‘zaro mustahkamlovchi elementlar yasaldi va 2000 yillarda binoning restoran funksiyasi uchun tomga qo‘shimchalar qo‘shildi. Biroq bunga qaramay, Qiz qal’asi jiddiy zilzila sodir bo‘lganda butunlay vayron bo‘lishi haqiqati yuzaga chiqdi.

• Ushbu izlanish natijasida 16 tonna po‘lat va 500 tonna temir-beton binodan chiqarildi. Qal’adagi qo‘shimchalar olib tashlanishi bilan Qiz qal’asi Mahmud II davrida o‘zining asl ko‘rinishiga qaytdi.

• Bundan tashqari, kimyoviy tahlillar, georadar tasvirlash tizimlari, lazerli skanerlar va boshqalar yordamida binoning statik muammolari aniqlandi va mustahkamlash ishlari amalga oshirildi. Masalan, georadar ishlari davomida bo‘shliqlar kuzatilgan asl devorlar in’eksiya usuli bilan mustahkamlandi.

• Binoning tarixiy asosiy devorlari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ko‘rinmas tirgaklar bilan mustahkamlangan.

• Bayroq ustunining balkon qavatidan boshlanib, gumbazning yuqori sathigacha bo‘lgan qismi va balkon qavati metalldan yasalgan.

• Qal’a hovlisida tashrif buyuruvchilar uchun minoraga chiqishni ta’minlaydigan yog‘och teraslar, yo‘laklar va yog‘och zinapoyalar qurildi.

• Bundan tashqari, to‘lqinlar orol atrofida ilgari qurilgan plombalarga zarar yetkazgani, bugungi kunda ular yetarli emasligi va yoriqlar hosil qilgani aniqlandi. Qoziqlar joylashgan joylar va binoga yaqin bo‘lgan joylar kauchuk izolyatorlar bilan to‘ldirildi.

• Qiz qal’asiga boradigan toza suv va elektr tarmoqlari yangilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.