Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 33 843 nafarga yetdi

Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 33 843 nafarga yetdi

Isroilning G‘azo sektorida 7-oktabrdan beri davom etgan tajovuzi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 33 ming 843 nafarga yetdi, yana 76 ming 575 nafari yaralandi.

Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 46 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 110 nafari yaralangan.

Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!