Isroil dunyodagi birinchi jangga tayyor holdagi lazerga asoslangan havo mudofaa tizimini ishlab chiqishni yakunladi. Yangi qurol “Iron Beam” (ya’ni “Temir nur”) deb nomlandi va u dronlar hamda raketalarni lazer nurlari orqali yo‘q qilishi mumkin. Mutaxassislar buni texnologik inqilob va jang maydonidagi “o‘yinni o‘zgartiruvchi” (gamechanger) deb atashmoqda.
🔹 Asosiy afzallik — perexvat narxining juda arzonligi:
Patriot tizimi uchun bir raketa millionlab yevro tursa,
“Temir kupol” (Iron Dome) tizimi uchun snaryadlar 40 ming dollar atrofida bo‘lsa,
“Temir nur” uchun bir marotaba otish atigi bir necha yevroga tushadi.
🔹 Qo‘llanish imkoniyatlari:
Stasionar tarzda: chegaralar, aeroportlar, atom stansiyalarini himoya qilish uchun;
Mobil ko‘rinishda: frontdagi qo‘shinlarni himoya qilish uchun mashina shassisiga o‘rnatilishi mumkin.
Harbiy mutaxassislarning baholashicha, bu texnologiya Rossiya dronlari orqali qattiq yo‘qotishlarga uchrayotgan Ukraina uchun ham qutqaruvchi yechim bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, “Temir nur” mavjud raketaga qarshi eshelonlarni almashtirmaydi, balki to‘ldiruvchi vosita hisoblanadi.
«“Temir nur” barcha masshtabdagi tahdidlarni yakka o‘zi bartaraf etishi mumkin emas. U G‘azodan uchirilayotgan qo‘lbola raketalar yoki Yamandan uchirilayotgan dronlarga qarshi himoyada juda yaxshi qo‘shimcha vazifasini o‘taydi»,
— dedi BILD nashriga intervyuda qurollanish sohasi bo‘yicha mutaxassis Marsel Myuller.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.
"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.