Isroil qamoqxonalari falastinliklar bilan gavjum

Isroil qamoqxonalari falastinliklar bilan gavjum



G‘azo sektoriga qarshi qirg‘inbarot urushi paytida bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan falastinliklar soni 9025 nafarga yetdi, ulardan 300 nafari ayol, 640 nafari bolalar va 80 nafari jurnalist. Qamoqxonadan chiqqanlar qattiq qiynoqlarga duchor bo‘lganini aytishgan.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil rasmiylari bosib olingan G‘arbiy Sohilda 20 nafar falastinlik faolni qamoqxonada joy yo‘qligi sababli hibsga olmagan.

❕ Shu munosabat bilan G‘arbiy Sohilda falastinliklarni hibsga olish bo‘yicha qo‘shimcha amaliyotlar qamoqxonalar va hibsxonalardagi odamlar to‘lib ketgani sababli bekor qilinishi mumkin, deb xabar beradi Isroilning «Kan» jamoat telekanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!