Isroil harbiylarini suratga olganlar qamoqqa tushishi mumkin

Isroil harbiylarini suratga olganlar qamoqqa tushishi mumkin

Isroil hukumati mamlakat armiyasini foto va videotasvirga olganlarni besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda IslamToday nashri xabar bermoqda.

Mazkur hujjat mualliflaridan biri Isroil mudofaa vaziri Avigdor Libermandir.

Hujjatga muvofiq Isroil harbiylarining foto va videotasvirlarini tarqatish “davlat xavfsizligiga zarar yetkazish” va “Isroil harbiylari va fuqarolarini obro‘sizlantirish” deb baholanishi mumkin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!