Isroil G‘azoning Rafah shahrini o‘qqa tutdi

Isroil G‘azoning Rafah shahrini o‘qqa tutdi

Genosidda ayblangan Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining eng janubiy aholi punkti bo‘lgan Rafah shahrining turli hududlariga zarba berdi: kamida 8 falastinlik halok bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash sektori manbalari, shaharning sharqi va g‘arbidagi turar-joy binolari nishonga olinganini aytdi.

Sharqiy Rafahdagi Al-Salam mahallasida bir ayol halok bo‘ldi, yaradorlar bor.

Shahar g‘arbidagi Tal al-Sulton mahallasidagi Ridvon oilasining uyi o‘qqa tutilishi oqibatida yana 7 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Ko‘plab jarohatlanganlar, jumladan, bolalar ham borligi xabar qilingan. Hamma Quvayt kasalxonasiga yotqizilgan.

Fuqarolik mudofaa guruhlari vayronalar ostidan yaradorlar va jasadlarni olib chiqishda davom etmoqda. Isroil hujumi qurbonlari soni ortishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!