Isro va me’roj mo‘’jizasi

A A A
Isro va me’roj mo‘’jizasi

O‘z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo‘’jizalarimizni ko‘rsatish uchun sayr qildirgan Zot pokdir. Albatta, U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir”(Isro surasi, 1-oyat).

Oyati karimada Alloh taolo O‘zini O‘zi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, ya’ni kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida xabar bermoqda. Oyatdagi «O‘z bandasi»dan murod, Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo Allohning bandasi ekanliklari bilan faxrlanib yurar edilar. Ushbu oyatda u zotning ismlari aytilmay, «O‘z bandasi» iborasining ishlatilishi ham Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun faxr hamda eng og‘ir paytda u kishi uchun tasallidir.

Qur’oni Karimda «Masjidul Harom» iborasi uch narsaga ishlatiladi: birinchisi – Ka’bai Muazzama atrofidagi masjid; ikkinchisi – Makkai Mukarrama shahri; uchinchisi – Makkai Mukarrama atrofida haram uchun belgilangan chegara. Kofirlar kirishlari mumkin bo‘lmagan, ov ovlanmaydigan, o‘simliklari kesilishi yoki yulinishi joiz bo‘lmagan, ko‘pgina ma’lum ishlar harom etilgan mintaqaga nisbatan ham ishlatiladi.

Ushbu oyati karimadagi «Masjidul Harom» iborasi Makkai Mukarrama shahri ma’nosida kelgan. Isro kechasida Payg‘ambarimiz Ka’bai Muazzama atrofidagi masjidda emas, shaharning bir tarafida joylashgan amakilarining qizi Ummu Honi’ning uyida uxlab yotgan edilar.

«Masjidul Aqso»dan murod Shomi Sharifdagi Baytul Maqdisdir. «Aqso» so‘zi «uzoq», «chet» ma’nolarini bildiradi. «Masjid» esa «ibodatxona», «sajdagoh» degan ma’nolarni anglatishi hammaga ma’lum. O‘sha paytda Baytul Maqdis Makkai Mukarramaga nisbatan uzoq va eng chetdagi ibodatxona hisoblanar edi. Shuning uchun ham Alloh uni «Masjidul Aqso» deb nomladi. Alloh taolo Masjidul Aqsoning atrofini barakali qilib qo‘yganini ham aytmoqda.

 Chunki Baytul Maqdis haqiqatan ham Alloh tomonidan barakotli qilib qo‘yilgan bir joydir. Qadimdan bu yer payg‘ambarlar maskani, ibodatgohi bo‘lgan. Muso alayhissalom, Iyso alayhissalom va ularning oralaridagi payg‘ambarlar ham shu yerda o‘tishgan. Ularga Allohning vahiysi shu yerda tushgan. Shuning o‘zi ham har qanday barakotdan ustun. Shu bilan birga, Alloh taolo bu joyni moddiy tomondan ham barakotli qilib qo‘ygan. Ob-havosi, zilol suvlari, serunum tuproqlari ila bu joyni serhosil qilib qo‘ygan.

 Isrodan, ya’ni Nabiy sollallohu alayhi vasallamni kechasi Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishdan murod u zotga mo‘’jizalarni ko‘rsatish ekan. Darhaqiqat, bu hodisa asnosida, xususan, Me’rojda Alloh taolo O‘z bandasi va Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ko‘pdan-ko‘p mo‘’jizalarni ko‘rsatdi. Bu haqda «Najm» surasida: «Batahqiq, Robbining ulkan oyatlaridan ko‘rdi», deyiladi. «Albatta, U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir». Albatta, U eshitguvchi va ko‘rguvchi Zotdir. Alloh taolo kim nima deganini eshitib, kim nima qilganini ko‘rib turguvchi Zotdir.

Ushbu oyati karimada kelgan ma’lumotlar munosabati bilan ikki narsa – Isro va Me’roj nima ekanini ham to‘la tushunib olishimiz lozim. «Isro» so‘zi avval aytilganidek, lug‘atda «kechaning bir qismida sayr qilish, yurish»ni anglatadi. Shariatda esa Alloh taoloning kechalardan birida Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishiga aytiladi.

Yana shuni ham ta’kidlab aytish lozimki, Isro hodisasi tush emas, ruhiy safar ham emas, balki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham jasadlari, ham ruhlari ila qilgan safarlaridir. Agar tush yoki ruhiy safar bo‘ladigan bo‘lsa, bu voqeaning mo‘’jizaligi qolmas edi. Oyati karimada «bandasini» deb ta’kidlanishi ham Isro hodisasi ham jasad, ham ruh bilan bo‘lganini ko‘rsatadi. Agar faqat ruh bilan bo‘lganida, «bandasining ruhini» degan bo‘lar edi.

«Me’roj» lug‘atda «yuqoriga ko‘tarilish» degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisdan Sidratul Muntahoga – Allohning huzuriga ko‘tarilishlariga aytiladi.

Muhaddislar rivoyat qilishlaricha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xufton namozidan so‘ng Ummu Honi’ binti Abu Tolibning uyida uxlab yotganlarida, Isro hodisasi boshlandi. O‘sha kechasi Baytul Maqdisga Buroq nomli hayvonga minib bordilar. So‘ngra u yerdagi katta xarsang tosh ustida turganlarida Me’rojga ko‘tarildilar. Hozirda o‘sha tosh ustiga qubba – gumbaz qurilgan, dumaloq bino shaklidagi suratlari butun dunyoga tarqatilgan. Ko‘pchilik bilmasdan, uni Masjidul Aqso deb tushunadilar.

Me’rojda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Jabroil alayhissalom ham birga bo‘ldilar. Har osmonga yetganda u kishi eshikni ochishni so‘rar edilar. Qo‘riqchi farishtalar:

– Kim? – deb so‘rashardi. U kishi:

– Jabroil, – deb javob berardilar. Ular:

– Yoningdagi kim? – deb so‘rashardi. Jabroil alayhissalom:

– Muhammad, – desalar, ular:

– Shundaymi? U Payg‘ambar etib yuborildimi? – deya eshikni ochib so‘rashardi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam har osmonda bir payg‘ambar va ko‘plab farishtalar bilan ko‘rishdilar. Shuningdek, jannat va jahannamning holini ko‘rdilar. Sidratul Muntahoga o‘tib, Allohning malakut olamida ko‘pgina ajoyibotlarni ko‘rdilar. O‘shanda besh vaqt namoz farz qilindi. So‘ngra ortga qaytdilar. Bo‘lgan voqeani boricha u zotning o‘zlari Ummu Honi’ga aytib berdilar: «Payg‘ambarlar to‘plandilar, ularga namoz o‘qib berdim»,  dedilar. So‘ngra masjidga chiqmoqchi bo‘lib, o‘rinlaridan turdilar. Ummu Honi’ u kishining kiyimlariga yopishib oldi. U zot sollallohu alayhi vasallam:

– Senga nima bo‘ldi? – dedilar. Ummu Honi’:

– Agar bu xabarni aytsang, qavming seni yolg‘onchiga chiqarishidan qo‘rqaman, – dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

– Yolg‘onchiga chiqarsa ham mayli – dedilar. Chiqib borib, Abu Jahlning oldiga o‘tirdilar va Isroning xabarini unga yetkazdilar. Shunda Abu Jahl:

– Ey Banu Ka’b ibn Luay jamoasi, kelinglar! – deb baqirdi. So‘ngra ularga bo‘lgan gapni aytib berdi. Ular hayron bo‘lib, taajjubga tushdilar. Biri qarsak chalsa, boshqasi boshini ushlab, hayronligini bildirdi. Iymon keltirganlardan ba’zilari dindan qaytib, murtad bo‘ldi. Bir guruh odamlar hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning oldilariga yugurib borishdi. U kishi xabarni eshitgandan so‘ng:

– U zot shu gaplarni aytdilarmi? – deb so‘radilar. Ular:

– Ha, – deyishdi. U kishi:

– Agar u zot aytgan bo‘lsalar, to‘g‘ri aytibdilar, men bunga shohidlik beraman, – dedi. Ular:

– Shomga bir kechada borib, yana tong otmay turib, Makkaga qaytib kelishiga ishonasanmi? – deyishdi. Abu Bakr:

– Men u kishining bundan g‘aribroq narsasini ham tasdiqlayman. Osmondan xabar aytishini ham tasdiqlayman, – dedi. Shundan so‘ng Abu Bakrni «Siddiq» – O‘ta tasdiqlovchi deb atay boshladilar.

Odamlarning ichida Baytul Maqdisga borganlari bor edi. Ular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘sha yerdagi masjid, ya’ni ibodatxonani sifatlab berishlarini talab qildilar. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga masjid ko‘rsatildi. U kishi sollallohu alayhi vasallam ularga masjidni – ibodatxonani vasf qila boshladilar. Ular: «Ammo vasfini to‘g‘ri qildi, deyishdi-da, so‘ngra: «Sen bizning karvonimizdan xabar ber», deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularning karvonidagi tuyalar soni, ahvoli haqida to‘liq xabar berib, nihoyasida: «Karvon falon kuni quyosh chiqish paytida yetib keladi. Oldinda kulrang tuya bo‘ladi», dedilar. O‘sha kuni hammalari shahar chetiga chiqib, karvon kelishini kuta boshlashdi. Ulardan biri:

– Mana quyosh ham chiqdi, – dedi. Boshqasi esa:

– Mana, Allohga qasamki, karvon ham ko‘rindi. Oldinda, Muhammad aytganidek, kulrang tuya kelmoqda, – dedi.

Ammo, shunday bo‘lsa ham, iymon keltirganlari yo‘q. Isro hodisasi buyuk mo‘’jiza edi. Buni bilgan odamlar iymon keltirmoqlari lozim edi. Ammo iymon keltirmadilar. Qadimda, Banu Isroil ham shunday qilgan edi. Ularga Alloh tomonidan Muso alayhissalom Payg‘ambar bo‘lib kelganlarida, u kishining ruhiy markazi Baytul Maqdis edi. U kishini ham Alloh taolo miyqotga chaqirib, o‘zi bilan alohida gaplashib, muhim narsalarni tayinlagan edi. Ammo Banu Isroil bunga ishonmadi. Qurayshliklar ham xuddi shunday qilmoqdalar. Lekin ular Banu Isroildan o‘rnak olishlari, oqibat nima bo‘lishini o‘ylab ko‘rishlari lozim edi.

“Tafsiri Hilol”kitobidan

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.