Islomni qabul qilgan va qilmagan buyuklar

A A A
Islomni qabul qilgan va qilmagan buyuklar

Odatda dinimizning ulug‘ligi, kuch-qudrati haqida so‘z ketganda, ba’zilar turli mo‘’jizalar, turfa xil afsonalar, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga yuzlanadi. Afsuski, ana shunday tasdiqlanmagan gap-so‘zlarni ko‘pchilik haqiqat o‘rnida qabul qiladi. Ularning asossizligi aniqlanganida bu haqda so‘z ochganlar noqulay ahvolga tushib qolishlari mumkin. Jumladan, Nil Armstrong, Lev Tolstoy, Napoleon, Gyote, Jak Iv Kusto singari insonlarning islomni qabul qilgani haqidagi gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin? Bugun ana shu masala haqida to‘xtalib, xulosamizni oxirida aytamiz.

Iogann Volfgang Gyote

 

Dunyo she’riyatining atoqli vakillaridan biri Iogann Volfgang Gyote (1749-1832) o‘z hayoti davomida islom falsafasi, islom adabiyotiga ko‘plab marotaba murojaat qiladi. U o‘zininig “g‘arbu sharq devoni” to‘plamini Sharq she’riyati va falsafasi ruhida yaratgan. U do‘sti Ekkermanga bitgan nomalarida ham islomning insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida bir necha marotaba to‘xtalib o‘tgan. U 20 yoshida Qur’onning lotin tilidagi tarjimasini o‘qib chiqqan. Keyin uning arabcha matni bilan ham qiziqib, bu ilohiy kitobning fasohati, tilining va uslubining go‘zalligidan hayratga tushgan. U keyinchalik Hofiz Sheroziy she’riyatinning haqiqiy oshig‘iga aylanadi.

Gyotening islomga munosabati haqida ko‘plab maqolalar bitilgan. Xususan arab olimi va faylasufi Abdulqodir al-Murobit Gyote ijodini chuqur o‘rganib, uni “Evropada islomni qabul qilgan ilk ziyoli” deb ta’riflaydi. Ammo uning aynan islom dini qabul qilib, diniy ahkomlarni bajargani haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas.

Napoleon Bonapart

Buyuk fransuz siyosat arbobi Napoleon Bonapart (1769-1821) o‘zining siyosiy va diniy qarashlari bilan ko‘pchilikni hayratga solgan. U Yevropaning qadimiy madaniy markazlaridan biri Korsikada tug‘ilgan, katolik mazhabiga e’tiqod qilgan. U 1815 yil Vaterloo jangidagi mag‘lubiyatidan so‘ng taxtdan voz kechishga majbur bo‘ladi va inglizlar tomonidan Atlantika okeanidagi muqaddas Yelena oroliga surgun qilinadi. Bu yerda u islom ahkomlarini puxta o‘rganadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z xotiralarida islom dini butun insoniyatni halokatdan qutqara olishi, agar yana hokimiyatni egallay olsa, islom ahkomlariga asoslangan davlat qurishini bildiradi. Ammo uning islom diniga kirgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Uning jasadi qoldiqlari o‘limidan 19 yil o‘tib, Fransiyaga olib kelingan va o‘zining vasiyatiga binoan Parijdagi Nogironlar qasrida nasroniylar udumiga ko‘ra dafn qilingan.

Lev Tolstoy

Buyu rus adibi Lev Tolstoy (1828-1910) o‘zining qator asarlarida islomdan misollar keltiradi. Bu dinning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Jumladan, u o‘zining “Iqrornoma”sida islom dinining afzal ihatlariga alohida e’tibor qaratadi.

Ma’lumki, Tolstoy Qozon universitetida ikki yil sharq tillari fakultetida o‘qigan, arab va turk tillarini o‘rgangan. Taniqli islom ma’rifatparvari Mirzo Kozimbekdan tahsil olgan. Uch yil Kavkazda, musulmonlar orasida yashagan. “Hojimurot”, “Kavkaz asiri”, “Kazaklar” singari asarlarida musulmonlar hayotini yoritishga uringan. Misr muftiysi Muhammad Abdo bilan yozishmalar olib borgan.

U nasroniylik diniga nisbatan tanqidiy fikrlari uchun 1901 yilda parvoslov cherkovi ta’qibiga ham uchraydi. Ammo Lev Tolstoy aynan islomni qabul qilgani haqida ishonchli manbalar yo‘q. U 1910 yil 9 noyabrda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Yasnaya Polyana qishlog‘ida nasroniy udumlariga mos ravishda dafn qilingan.

Jak Iv Kusto

Jak iv Kusto (1910-1997) suv osti dunyosini o‘rgangan eng mashhur olim, rejissyor, fotograf va ixtirochi sanaladi. U dunyo okeanini tadqiq qilarkan, ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zining dengizdagi sayohatlaridan birida O‘rtayer dengizi va Atlantika okeani chegarasidagi suvning tarkibi ikki xil ekanini, dengiz va ummon o‘rtasida ko‘rinmas to‘siq borligini payqab qoladi. Bu jumboqli hodisa haqida u islomni qabul qilgan fransuz shifokori Moris Bukayyaga aytib beradi. Shunday shifokor bu jumboq 14 asr muqaddam musulmonlarning muqaddas kitobida aks etganini aytib, “Furqon” surasining 25-oyatini o‘qib beradi: “U ikki dengizni-bunisi chuchuk-shirin, unisi sho‘r-achchiq qilib oqizib qo‘ygan va oralariga ko‘rinmas to‘siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir”. (Qur’on 25:53). Bu ilohiy haqiqatdan lol qolgan Kusto darhol islomni qabul qiladi.

Albatta, bu oyatning haq ekani, ilmiy jihatdan isbotlanganiga shubha yo‘q. Ammo Kustoning musulmon bo‘lgani haqiqatdan yiroq. Bu xabarni uning oila a’zolari bir necha bor rad qilishgan. Shuningdek, olimning o‘zi katolik urf-odatlariga binoan Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinidagi nasroniy qabristonida dafn qilingan.

Nil Armstrong

Nil Armstrong (1930-2012) Oyga ilk bor qadam qo‘ygan inson sifatida dunyo tarixida o‘ziga xos nom qoldirdi. Bir paytlar dunyo matbuotida go‘yoki Nil Armstrongning islom dini qabul qilgani haqidagi gap-so‘zlar urchigandi. Xabarlarga ko‘ra, 1978 yilda u Misrdagi bir anjumanda o‘tirgan paytida tashqaridan g‘alati ovozni eshitadi va rangi oqarib ketadi. Yonidagilardan so‘raganida, bu ovoz kuniga besh marta musulmonlarni ibodatga chorlovchi azon tovushi ekanini tushuntirishadi. Nil esa hayrat ichida bu ovozni u ilk bor oyda eshitganini aytadi. Shundan so‘ng, butun dunyoga “Nil Armstrongning oyda azon eshitgani va islom dinini qabul qilgani” haqida xabarlar yoyiladi.

Keyinchalik fazogirning o‘zi ham bu masalaga oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, u Oy sathida azon eshitmagan. Ammo islom diniga juda katta hurmat bilan qaragan. U o‘zi bilan birga Oyga Injil va Qur’on oyatlari bitilgan sahifalarni olib chiqqan. Ayrim “shov-shuv”ga o‘ch nashrlar Armstrongning go‘yoki islomni qabul qilgani haqidagi mish-mishni to‘qib chiqarganlar. Arsmtrongga bu masalada bir necha bor savol berishganida, u islom va musulmonlarga ehtiromi baland ekani, ammo o‘zi nasroniy e’tiqodiga egaligini bildirgan.

Maykl Jekson

Jahon mashhur pop musiqasi yulduzi Maykl Jeksonning (1958-2011)ning diniy e’tiqodi masalasi ham ancha yillar jahon matbuotining diqqat markazida bo‘lib keldi. Mayklning onasi Ketrin o‘g‘lini xuddi o‘zidek “Yegova shohidlari” tariqati ruhida tarbiyalashga uringan. 1987 yilda pop qiroli bu tariqatni tark etganini e’lon qiladi. Uning akasi Jermen Jekson esa allaqachon islomni qabul qilgan, ukasini ham shu dinga da’vat qilgandi. 2008 yilda yilda bir qator mashhur nashrlar, jumladan “RIA-Novosti” agentligi ham The Sun nashriga tayanib, Maykl Jeksonning islom dinini qabul qilgani haqida xabar tarqatdi. Ammo bu mavzuda Maykl Jekson biror marta ochiq gapirmagan. U o‘limidan bir necha kun avval do‘sti Andre Krauch bilan nasroniy cherkoviga borib, diniy qo‘shiqlarni ijro etgan. Uning shaxsiy advokati Lndlen Makmillan ham Jeksonning islomga kirgani haqidagi xabarni qat’iyan rad etgan.

Rouen Atkinson

2013 yil 1 oktyabr Mister Bin siymosi orqali dunyoga tanilgan britaniyalik komik aktyor Rouen Atkinson (1955) islom dinini qabul qilgani haqidagi xabar ko‘plab islomiy saytlarda tarqalib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rouen Atkinson yoshligidan barcha din, irq va millat vakillariga chuqur hurmat ruhida tarbiya topgan. U uzoq yillar o‘zining islomofobiya (islomni yomon ko‘rish)ga qarshi qarashlari bilan ham tanilgan. U internetda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni tahqirlovchi “Musulmonlar gunohsizligi” filmi tarqalganidan keyin islom haqida xolis va haqqoniy axborot to‘plashga kirishgan va islomni haq din sifatida qabul qilgan.

Ammo ko‘p o‘tmay bu xabarni hazil tariqasida www.israellycool.com sayti tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Bunga chippa-chin ishongan juda ko‘p islomiy OAVlar bu xabarning yashin tezligida tarqalishiga katta hissa qo‘shishdi. Oradan ikki kun o‘tib, aktyorning shaxsiy agenti bu xabarning asossiz ekanini ma’lum qildi.

Xuddi shuningdek...

Co‘nggi yillarda juda ko‘p taniqli sportchilar, siyosat arboblari, kino yulduzlari, mashhur setara yulduzlarining islom dinini qabul qilgani haqidagi feyk xabarlar tarqaldi. Ular orasida Jan Reno, Jeki Chan, Uill Smit, Mel Gibson singari dunyoga mashhur ismlarni misol keltirish mumkin. Ko‘p o‘tmay bu xabarlarning bari yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, bunday xabarlarni kimlar tarqatmoqda? Bunday yolg‘on “piar”lar ortida nima yotibdi? Umuman, bu borada shov-shuv ko‘tarishning nima keragi bor? Bu savollarga albatta, aniq javob berish mushkul. Kimdir “bunday xabarlar ortida shunday “feyklar”ni tarqatishdan maqsad musulmonlarni ishontirib, ularning ustidan kulish, desa, yana kimdir aksincha, “musulmonlar dunyoga mashhur insonlarni go‘yoki islomga kirgani haqida shov-shuv ko‘tarib, o‘z saflarini kengaytirishmoqda” deguvchilar ham uchraydi.

Kimlar rostdan ham qabul qilgan?

Albatta, G‘arb olamida mashhur shaxslar orasida islomni qabul qilganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Masalan, jahonga mashhur bokschilar Malik Abdul’aziz (Mayk Tayson), Muhammad Ali (Kassius Marsellus Kley), basketbolchi Karim Abduljabbor (Lyuis Alsindor), ingliz bastakori Yusuf Islom (Ket Stivens), amerikalik repper Kamol Jon Farid (Jonatan Devis)... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Albatta, bu insonlarning islom dinini qabul qilishi - ularning mustaqil shaxs sifatidagi irodasi, e’tiqod erkinligi. Ammo ularning nomi bilan islom yanada sharaflanib, kengroq yoyiladi, deb o‘ylash mutlaqo noto‘g‘ri. Dinimiz bandalarning nomi-yu shon-shuhratiga muhtoj emas. Zero, buyuk insonlarning musulmon bo‘lishi islomning foydasiga emas, islom uni qabul qilgan insonlarning foydasiga xizmat qiladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Eron: "Isroil tirik qolish uchun "dada"siga qarab yugurdi"

Бу баёнот АҚШ ва Эрон ўртасидаги навбатдаги тортишувлар фонида янгради.

Rossiya armiyasi Ukrainadagi yirik litiy konlaridan birini egallab oldi

Бу эса у Украинадаги литий осон олинадиган ягона кон эканлигини билдиради. Мазкур ҳудудда литийдан ташқари тантал, ниобий, бериллий, рубидий ва сезий каби нодир металлар ҳам мавжуд.

Sochida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Россия Федерацияси Жанубий транспорт прокуратураси маълум қилди.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.