Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A. fuqarolar S.U. va YO.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi YU.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa "Toshloqtumangaz" gazchisi M.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz ta’minoti korxonasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga muqaddam 1,7 mln so‘m va 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 640 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Украина Қуролли Кучлари 3-штурм бригадаси қўмондон ўринбосари Андрей Жорин фронтдаги вазиятни «жуда оғир» деб баҳолади ва ёз ҳамда куз ойларини мураккаб давр сифатида тасвирлади.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.