Ishbilarmonlik faolligi indeksi qariyb 3 foizga oshdi

Ishbilarmonlik faolligi indeksi qariyb 3 foizga oshdi

Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IDA) joriy yilning fevral oyida 1027 punktga yetdi, bu yanvar oyiga nisbatan 2,7 foizga ko‘pdir. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida bu ko‘rsatkich 4 foizga o‘sgan.

Indeksning o‘sishiga fevral oyida bank operasiyalarining yanvar oyiga nisbatan 26,3 foizga o‘sishi, shuningdek, tovar birjasidagi bitimlarning 4,7 foizga o‘sishi ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, o‘tgan oyda kompaniyalar faolligi 11,7 foizga kamaydi.

O‘tgan oyga nisbatan ko‘rsatkichning eng katta o‘sishi Surxondaryo (47,1 foiz), Buxoro (44,9 foiz), Qashqadaryo (26,3 foiz), Jizzax (25,1 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston (-8,1 foiz), Toshkent (-1,7 foiz) va Sirdaryo (-0,9 foiz) viloyatlarida IDAning pasayishi kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvar oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi 0,1 foizga, bir yil davomida esa 15 foizga oshgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!