Ish haqi, obuna va kommunal to‘lovlariga tegishli mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Ish haqi, obuna va kommunal to‘lovlariga tegishli mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.n.” MCHJning bank ishlarini yurituvchisi F.E. ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lardan tashqari, elektron dasturga o‘ziga qo‘shimcha ish haqi sifatida ma’lumotlar kiritib, MCHJning jami 225,5 mln so‘mini plastik kartasiga o‘tkazib olib, tadbirkorning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman pochta aloqa bog‘lamasi sobiq kassiri SH.SH. o‘ziga ishonib topshirilgan obuna va kommunal to‘lovlaridan tushgan 93,1 mln so‘m naqd pullarni bank kassasiga kirib qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!