Irlandiya bosh vazirining so‘zlaridan isroilliklar g‘azablandi

Irlandiya bosh vazirining so‘zlaridan isroilliklar g‘azablandi

Isroil tashqi ishlar vazirligi rahbari Irlandiya bosh vazirining X ijtimoiy tarmog‘idagi so‘zlaridan g‘azablandi, buning uchun u mamlakat elchisini chaqirib, unga tanbeh berdi. Kechqurun Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar 9 nafar asirlikdan ozod etilgani haqida fikr bildirgandi.

“Bu Emili Xend va uning oilasi uchun katta quvonch va yengillik kuni. ...Adashgan begunoh go‘dak hozir topilib qaytdi, biz esa yengil nafas oldik. Duolarimiz ijobat bo‘ldi”, — deb yozdi Varadkar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ushbu postga javoban Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen quyidagi g‘azablangan izoh yozdi:

“Janob Bosh vazir, Emili Xend yo‘qolgan emas, balki siz axloqiy kompasingizni va haqiqat bilan aloqangizni yo‘qotgansiz. Emili Xend o‘gay onasi o‘ldirilganidan keyin ISHIDdan ham battar terror tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Emili va yana 30 dan ortiq isroillik bolalar HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va siz buni yumshatishga harakat qilyapsiz. Uyat sizga!".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!