«iPhone 11»: Dunyodagi eng mashhur smartfon

«iPhone 11»: Dunyodagi eng mashhur smartfon

Joriy yil birinchi chorakda «iPhone 11» dunyo bo‘yicha eng mashhur smartfonga aylandi va dastlabki uch oyda «Apple» 19,5 million dona «iPhone 11» yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb olti million dona ko‘p degani.

Mashhurlik bobida ikkinchi o‘rin «Samsung Galaxy A51»ga nasib etdi (6,8 million), «Xiaomi»ning «Redmi Note 8» smartfoni esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Hammasi bo‘lib dastlabki o‘ntalikka «Apple» va «Samsung»ning to‘rtadan hamda «Xiaomi»ning ikkita modeli kiritildi.

«Apple» «iPhone 11»ning bahosi bilan uning funksionalligi o‘rtasida muvozanatni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa smartfonning jozibadorligini oshirdi», — deb yozadi nashr.

Hisobot mualliflari 5G quvvatiga ega yangi «Samsung Galaxy S20+» flagmani yutuqlariga e’tibor qaratishdi. Ushbu modelni uch yarim million mijoz xarid qilgan. Bu esa dunyoda sotuv bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallashiga va beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydigan eng mashhur smartfonga aylanishiga imkon berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!