Iordaniyada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Iordaniyada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Iordaniyadagi kuchli yog‘ingarchilik qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Iordaniya hukumati bayonotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tegishli xizmatlar al-Val tumanida ikki fuqaroni qutqargan. Shuningdek, avval bedarak yo‘qolgan deb gumon qilingan fuqaroning jasadi topilgan. Shunday qilib, qurbonlar soni 11 kishiga yetgan.

Hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi kuchlarining yuzlab xodimlari qidiruv-qutqaruv tadbirlarini davom ettirmoqda. Hozirgi vaqtda yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb gumon qilinmoqda.

Avvalroq, juma kuni Iordaniya hukumati kuchli yog‘ingarchilik sabab Petra tarixiy parkining barcha tashrifchilarini evakuasiya qilish haqida qaror qabul qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!