Iordaniya qiroli butun dunyoni G‘azodagi falastinliklarni qutqarishga chaqirdi

Iordaniya qiroli butun dunyoni G‘azodagi falastinliklarni qutqarishga chaqirdi

Iordaniya qiroli Abdulla II G‘azo sektorida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro fonida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qirol Falastin anklaviga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Isroilga bosim o‘tkazishni talab qilgan.

"Qirol xalqaro yordam hamjamiyatini o‘z yerlarini yashash uchun yaroqsiz joyga aylantirgan shafqatsiz urushni boshdan kechirgan G‘azo sektoridagi falastinliklarni qutqarish uchun o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi", — deyiladi xabarda.

Al Jazeera ta’kidlaganidek, Iordaniya qiroli BMT vakillari, G‘arb nodavlat tashkilotlari rahbarlari va arab donorlari vakillarining Ammanda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tegishli bayonotlar bilan chiqdi. Qirol yahudiy davlatidan ko‘mak oqimini cheklashni nomaqbul deb bilishini alohida ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!