"Inter" A Seriya yakuniga 5 tur qolganda chempionga aylandi

"Inter" A Seriya yakuniga 5 tur qolganda chempionga aylandi

“Inter” muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bugun bosh murabbiy Simone Indzagi shogirdlari derbida “Milan”ni mag‘lub etishdi (2:1) va Skudettoni qo‘lga kiritishdi.

Milanning ikki klubi o‘rtasidagi farq 17 ochkoni tashkil etdi - A Seriya yakunlanishiga 5 tur qolganida uni yo‘qqa chiqarishning iloji yo‘q.

Oxirgi marta "Inter" 2020/21 yilgi mavsumda mamlakat chempioniga aylangandi. 2021/22 yilgi turnirda “Milan” birinchi bo‘ldi, “Napoli” esa 2022/23 yilgi mavsumda A seriyada g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!