20 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari sohasida ta’lim va tadqiqotlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mamlakatimizda 20 fevraldan – 28 fevralga qadar davom etadigan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovmarosimni ochar ekan, ayni mavzudagi respublika tanlovi Milliy markaz tomonidan 2022 yil 10 oktyabr kuni e’lon qilingani va bir oy davom etganiga e’tiborni qaratdi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturi hamda Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklarasiyasiga bag‘ishlandi.
Tanlov Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi. Uni o‘tkazishdan maqsadi inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz aholisi o‘rtasida inson huquqlari madaniyatini keng targ‘ib etishdir.
Tanlov 5 nominasiya bo‘yicha o‘tkazilib, jami 72 ta hujjat kelib tushdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘ringa:
“Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi” nominasiyasi bo‘yicha – Yuristlar malakasini oshirish markazi Bosh mutaxassisi Sardor Abdihalikov;
“Ison huquqlari – bolalar nigohida” nominasiyasi bo‘yicha – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 50-o‘rta maktabining 7 “J”-sinf o‘quvchisi Farangiz Azizzoda;
“Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik” nominasiyasi bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti axborot-media mutaxassisi Nurmuhammed Jumag‘ulov;
“Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyoti” nominasiyasi bo‘yicha – Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dosent Shuhrat Otaqulov;
“Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti mustaqil izlanuvchisi Odil Bo‘riyev munosib deb topildi.
G‘oliblar 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.